Texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari




Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi1.59 Mb.
#23741
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinflarda-o-qitishning-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish-afzalliklari
Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogona, Mavzu Avestodagi pedagogik qarashlar Reja I kirish II asosiy q


BОSHLANG’ICH SINFLARDA O’QITISHNING ZAMONAVIY AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI 
 
Isamatova Shahnoza Bekmirzayevna 
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 34-maktab 
 
Annotasiya: Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinf 
darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish 
afzalliklari yoritilgan. 
Kalit so’zlar: Boshlang‘ich ta’lim, axborot texnologiyalari, kompyuter, dars. 
EFFICIENCY OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN 
PRIMARY EDUCATION 
 
Isamatova Shahnoza Bekmirzayevna 
School №34, Syrdarya region, Mirzaabad district 
 
Abstract: This article discusses the benefits of using modern information 
technology in elementary school. 
Keywords: Elementary education, information technology, computer, lesson. 
 
Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soni jami 2129389 nafarni tashkil etadi. Ularga 111866 
nafar pedagog saboq berib kelmoqda. Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan 
o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini taʼminlash, ular faoliyatiga ilg‘or 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda 
o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam bo‘lishi, barcha 
fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab 
chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda. 
Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu 
talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning 
bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tashkil 
qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. 
Bugungi kunda taʼlim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion 
texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni 
beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va 
videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak 
beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men 
bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
395
www.openscience.uz


olaman» deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy 
taʼlim berishga intilishi lozim. 
Maʼlumki, taʼlim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi 
bo‘lib, dars orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar 
vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida 
undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish 
jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari 
tabiiy hol masalan, maʼlumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga 
tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. 
Hozirgi 
kunda 
umumtaʼlim 
maktablarida 
zamonaviy 
kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, taʼlim jarayonida 
zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish eng muhim 
ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan eʼtirof etilganligi 
xech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulov taʼlim jarayonida hozirgi zamon 
talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini yaratish hamda taʼlim 
jarayonida multimedia, o‘qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter 
texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya 
qilinadigan maʼlumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. 
Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumtaʼlim maktablari zamonaviy 
kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z 
navbatida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha 
yondashuvlarini talab etadi. Boshlang‘ich sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi 
texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib 
chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o‘zgartirib, 
o‘qituvchilik faoliyatini yana-da serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan 
kasbga aylantiradi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda 
o‘qituvchi dastlab:
- darsning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim 
bo‘ladi. 
Taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni aqlan va ruhan yetuk insonlar qilib 
tarbiyalashda, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz mohiyati bo‘yicha bilim, 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
396
www.openscience.uz


ko‘nikma va malakalarini rivojlantiriщda ularda buyuk ajdodlarimizning boy 
maʼnaviy meʼroslarini o‘rganishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish muxim rol o‘ynaydi. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari 
orqali pedagog xodimlar hamda o‘quvchilar juda ko‘p miqdorda maʼlumotlarni olish, 
izlash qayta ishlash va o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Albatta, taʼlim 
muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. O‘quv 
mashg‘ulotlarini yangi interfaol usullar, zamonaviy vositalar yaʼni axborot 
texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish, jumladan, dars 
mashg‘ulotlarida multimediani qo‘llash, internet tarmog‘idan foydalanish shubhasiz 
o‘z samarasini beradi. 
O‘qituvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali 
quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirishi mumkin:
- boshlang‘ich sinflarda multimedia texnologiyalarini qo‘llash orqali 
o‘quvchilarda fanga qiziqishi rivojlanadi;
- taʼlimning bunday usuli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi 
va o‘quv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi yana-da oshadi;
- namoyish qilinishi qiyin yoki murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish 
va ko‘rish imkoniyatini beradi;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki 
o‘quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali 
hisoblanadi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda 
muammoli masalalarga javob topish orqali maʼlum tadqiqot ishlarini bajarish uchun 
imkoniyat yaratiladi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon 
yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot 
hamda maʼlumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit 
yaratiladi. 
Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini 
o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday 
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda o‘quvchilar faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil 
o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib 
chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim 
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Boshlang‘ich taʼlimga zamonaviy axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv 
mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
397
www.openscience.uz


amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama 
barkamol yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har bir o‘qituvchi ijodkor bo‘lishi kerak, u har bir o‘quv soatiga puxta 
tayyorlanib yangilik bilan kirishi kerak, chunki har darsda takrorlanadigan bir xillik 
o‘quvchini darsga va fanga qiziqishini susaytiradi, natijada dars samaradorligining 
pasayishiga olib keladi. 
Axborot texnologiyalarining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ahamiyatli jihatlari 
quyidagilar: 
✓ o‘quvchining diqqatini jamlash; 
✓ maʼlumot to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirish; 
✓ izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga kirishish; 
✓ o‘z-o‘zini baholash. 
O‘qituvchi faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalangan holdagi 
darslarning o‘rni quyidagilarda aks etadi: 
✓ vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; 
✓ o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini 
taʼminlash; 
✓ berilayotgan axborot ko‘lamini oshirish; 
✓ o‘quv topshirig‘ining turlarini kengaytirish; 
✓ sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirish; 
✓ kasbiy malakani muntazam oshirib borish. 
Kompyuter dasturi orqali oddiy didaktik materiallar tayyorlashda va ularni 
kompyuter sinflarida o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun 
taqdim etish mumkin. Bunday didaktik material izohli matn sifatida, rasmlar bilan 
bezalgan holda, nazorat savollari bilan o‘quvchilarga beriladi va o‘quvchilar 
tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi. 
O‘qituvchi faoliyatida eng muhim jihatlardan biri bu o‘quvchilarning bilimini 
baholab borishdir. Barcha umumtaʼlim fanlarining turli bo‘limlariga oid nazorat 
testlarini kompyuter yordamida tuzish mumkin. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham taʼlim jarayonida didaktik vosita sifatida 
foydalaniladigan dasturlarning maxsus bozori shakllanmoqda. Hozirda umumtaʼlim 
darslarida foydalanishi mumkin bo‘lgan internetga joylashtirilgan ko‘plab dasturlar 
mavjud. Bular sirasiga birinchi navbatda elektron darsliklarni kiritish mumkin. 
Kompyuter texnologiyalari turli xil interaktiv xarakterdagi topshiriqlardan 
foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, o‘quvchilar voqealarni xronologik ketma-
ketlikda joylashtirish, fanga oid atamalar va tushunchalarni to‘g‘ri izohlash yoki o‘ng 
va chap qatordagi atamalar va ularning maʼnosini mos ravishda strelka bilan 
ko‘rsatish yoki berilayotgan mavzudagi tayanch so‘zlarni to‘ldirish, test 
topshiriqlarini bajarish, krosvordlarni yechish kabi topshiriqlarni qanday 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
398
www.openscience.uz


bajarganliklarini katta ekranda multimedia yordamida tushirilgan javoblar bilan 
taqqoslab, bilib borishlari mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonida kompyuter 
yordamida mavjud materiallarni turli xil shaklda: slaydlar, video va audio parchalar 
diagrammalar, jadvallar, musiqiy ko‘rinishlarda taqdim etiladi. Kompyuter 
yordamida dars jarayonini tashkil etilishi o‘quvchilar tasavvuri va xotirasiga kuchli 
taʼsir qilib, eslab qolish jarayonini osonlashtiradi, darsni qiziqarli jarayonga 
aylantirib, o‘quvchilarni u yoki bu tarixiy davrga olib kirish va voqealar ichida 
go‘yoki ishtirok etish imkonini beradi. 
Bugungi kun taʼlimi o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar 
texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Dars 
mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali taʼlim-tarbiya berish oid fikr va 
mulohazalarimizni bayon etamiz. Boshlang‘ich sinflarda ayrim mavzular asosida 
o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha fikrlarimizni bayon etamiz.
“Videotopishmoq” metodi – ushbu metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar 
ketma-ketligi amalga oshirilishi lozim: 
• o‘quvchilar eʼtiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; 
• o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; 
• jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; 
• o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. 
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish 
etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirishadi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, 
ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda 
o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam 
beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan 
samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida tashkil etilishi taʼlim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. 
Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida 
o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yana-da rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish 
mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang‘ich sinf darslarida 
qo‘llanilishi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 1.59 Mb.
  1   2




Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari

Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish