|
Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya
|
bet | 1/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #147403 |
Bog'liq Reja Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Ped-fayllar.org
Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya
Reja:
1.Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari
2.Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari
Pedagogik psixologiya–psixologiya fanining tarmog‘i sifatida ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti bolalarni maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1)ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
2)bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3)aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4)ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish;
5)pedagog va bolalar o‘rtasidagi, bolalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6)bolalarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7)pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:
1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.
2.Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
3.Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv – intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?
4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog‘liq.
5.Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. Ta’limni bola organizmida ma’lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikda qanday ta’sir qiladi?
6.Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?
7.Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.
8.Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya
|