Wi-Fi nimani anglatadi?
Bu atama marketing firmasi tomonidan yaratilgan, chunki simsiz tarmoq IEEE 802.11 deb nomlanuvchi foydalanuvchilar uchun qulay bo'lmagan texnologiyaga murojaat qilish uchun foydalanuvchilar uchun qulay nom izlagan va bu nom yopishib qolgan. Wi-Fi, ko'pincha WiFi, wifi, wi-fi yoki wi-fi deb ataladi, odatda Wireless Fidelity uchun qisqa deb hisoblanadi va marketing firmasi uchun pul to'lagan tashkilot ba'zan Wireless Fidelity Alliance Inc deb ataladi
WIFI qanday ishlaydi?
Wi-Fi simsiz routeringizdan televizor, smartfon, planshet va kompyuter kabi Wi-Fi yoqilgan qurilmalaringizga maʼlumotlarni uzatish uchun radio toʻlqinlaridan foydalanadi. Ular bir-biri bilan efir toʻlqinlari orqali muloqot qilgani uchun qurilmalaringiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz xakerlar, kiberhujumlar va boshqa tahdidlarga qarshi himoyasiz boʻlib qolishi mumkin. Bu, ayniqsa, qahvaxona yoki aeroport kabi joylarda umumiy Wi-Fi tarmog'iga ulanganingizda to'g'ri keladi. Iloji bo'lsa, parol bilan himoyalangan simsiz tarmoqqa yoki shaxsiy ulanish nuqtasiga ulanish yaxshidir. Simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o'rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL…
Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki bo'lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
|