11-ma’ruza. Internet tarmog’ini boshqarish tizimlari va modeli.
Reja:
1.
SNMP konsepsiyasi.
2.
Boshqaruv komponentlari.
3.
SMI va MIB.
Hozirda keng tarqalgan klassik agent-manager tarmoqni boshqarish
arxitekturalarini OSI tavsiyanomasi modeli, Oddiy tarmoq boshqaruv protokoli
(SNMP) bohqaruv tizimida va Telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish (TMN)
boshqaruv tizimlarida ko’rish mumkin. Bugungi kunda tarmoqlarning o'sib
borayotgan hajmi, boshqaruv murakkabligi va xizmat ko'rsatish talablarining ortib
borayotganligi sababli bunday boshqaruv usullari endi yetarli bo’lmay qoldi. Shu
sababli bu tizimlarni rivojlantirish orqali ularning imkoniyatlarni oshirish zaruriyati
paydo bo’ldi.
SNMP (Simple Network Management Protocol) oddiy tarmoqni boshqarish
protokoli. U ilovalar darajasi protokoli (UDP) stekida joylashgan bo’lib, 1988-yilda
ishlab chiqilgan, RFC1157 ta’rif berilgan.
Tarmoq qurilmalaridan axborot yig’ish yoki konfiguratsiyalash uchun
qo’llaniladi.
Asosiy vazifasi: qurilmani boshqarish.
Boshqariluvchi qurilmalardagi dasturiy “vakil” lar ma’lumotlar
omborida saqlanuvchi axborotlarni yig’ishadi
Boshqaruvchi DT SNMP buyruqlaridan foydalanib vakillarga qurilma
yoki undan o’tayotgan trafik haqida ma’lumot olish uchun so’rov jo’natadi (“GET”
yoki “GET NEXT”ga o’xshash).
Qurilma turiga qarab olish mumkin bo’lgan axborot quyidagilar
- Marshrutizatorlar: interfeysni yuklash, CPUni yuklash, yo’naltirish jadvallari
va h.k.
- Kommutatorlar: interfeysni yuklash, portdagi xatolar va h.k.
- Serverlar: CPUni yuklash, jarayonlar, xotira, disk maydoni.
SNMP menejer va agent konsepsiyasi asosida qurilgan. Unda Menejer agent
orqali hostlar, marshrutizatorlar va serverlarni nazorat va monitoring qiladi, agent
har bir tarmoq elementida joylashib, ularning holati to’g’risidagi ma’lumotlarni
menejerga uzatish vazifasini bajaradi (11.1-rasmda ko’rsatilgan).
11.1-rasm.
SNMP konsepsiyasi.
Boshqaruv komponentlari.
Boshqarish vazifalarini bajarish uchun SNMP
ikkita protokoldan foydalanadi: Boshqaruv ma'lumotlarining tuzilishi (Structure of
Management Information - SMI) va Boshqaruv ma'lumot bazasi (Management
Information Base - MIB). Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, Internet boshqaruvida
uchta protokol: SNMP, SMI va MIB larning birgalikda ishlashiga asoslangan,
11.2-rasmda ko’rsatilgan.
11.2-rasm.
Internet tarmoq boshqaruv komponentlari.
11.3-rasm.
Kompyuter dasturlari va tarmoqlarni boshqarishni
o’zaro taqqoslash.
11.4-rasm.
Boshqarish haqida umumiy ma'lumot.
SMI.
SMI tarmoqlarni boshqarish uchun komponent hisoblanadi. Uning
funktsiyalari:
1.
Ob'ektlarni nomlash.
2.
Ob'ektda saqlanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar turini aniqlash.
3.
Tarmoq orqali ma'lumotlarni uzatish uchun kodlashni usulini ko'rsatish.
SMI SNMP uchun qo'llanma. U ob'ektni boshqaradigan uchta atributga
tayanadi: nom, ma'lumotlar turi va kodlash usuli.
11.5-rasm.
Ob'ekt identifikatori.
MIB.
Management Information Base, 2-versiya (MIB2) tarmoq boshqaruvida
ishlatiladigan ikkinchi komponent. Har bir agent menejerining boshqarishi mumkin
bo'lgan barcha ob’yektlar to'plamini o’z ichiga oluvchi MIBning 2-versiyasiga ega.
MIB2-dagi ob'ektlar 10 ta guruhga bo'linadi: tizim, interfeys, manzillarni
o’zgartirish, ip, icmp, tcp, udp, egp, transmissiya va snmp. Ularning barchasi mib-2
ni tashkil etadi.
11.6-rasm.
MIB-2 arxitekturasi.
Nazorat savollari:
1.
SNMP tarmoq protokoliga ta’rif bering
2.
SNMP tarmoq protokoli necha qismdan iborat?
3.
SMI qanday tashkil etilgan?
4.
MIB qanday vazifani bajaradi?
|