Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish




Download 60,3 Kb.
bet3/6
Sana28.05.2024
Hajmi60,3 Kb.
#255559
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taminot jarayoni auditui

3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:

  • sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash;

  • yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;

  • foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;

  • soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;

  • hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.

Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida puli to’lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha muomalalarni aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 sentyabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o’zaro bir - biriga o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha daromad deb hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini, to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan soliq to’g’risida soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to’lanishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash joyini ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspektsiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.
Ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki qiymatini shakllantirishga oid xo’jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida aks ettirishga doir misollar.



Muomalalar

Summa
so’m

Korrespondentsiyalanuvchi schyotlar

Dt

Kt

1.

Sotib olingan yig’ma mebel uchun schyot-faktura aktseptlandi:
Harid qiymatiga
to’langan: QQS summasiga

120000


24000

0820


4510

6010


6010

2.

Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi aktseptlandi:
Ta’rif bo’yicha ko’rsatilgan xizmat qiymati
qo’shilgan qiymati solig’i (QQS) summasiga



15000


3000



0820


4510



6010


6010

3.

Mebelni yiãish uchun ish haqi hisoblandi.



4000



0820



6710

4.

Byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi:
ijtimoiy sug’urta fondiga
nafaqa fondiga
bandlik xizmati fondiga

1440
80
80

0820
0820
0820

6520
6520
6530

5.

Ob’ekt hisobga qabul qilindi:
Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish)



140600



0140



0820



6.

To’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobga o’tkazildi.



27000



6410



4510

Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda ob’ektlarning dastlabki qiymati to’g’ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki, u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi. Bunda 0800- «Kapital qo’yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo’lgan (0120 schyot debeti va 0810 schyotning krediti) ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy qoidalarga ko’ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.
Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o’rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Xususan, qo’shilgan qiymat solig’i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to’lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish uchun sotib olingan bo’lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar byudjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda;
korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo’layotgan vaqtda pudratchiga to’langan QQS qurilayotgan ob’ektning inventar qiymatiga qo’shiladi.
Qurilish xo’jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda byudjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot).
Auditor pul o’tkazish yo’li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy vositalar ob’ektlariga doir xarajatlar, mazkur ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim.
Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.



Download 60,3 Kb.

1   2   3   4   5   6




Download 60,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish

Download 60,3 Kb.