|
O‘zmeliomashlizing
|
Sana | 31.12.2019 | Hajmi | 35,5 Kb. | | #6982 |
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan
2016 yilning I-yarim yilligi davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida
M A ’ L U M O T
I. Davlat Dasturining bajarilishi
Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, suv iste’molchilaring faoliyatini qo‘llab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasiga ko‘ra Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd so‘mlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan qiymati 12,5 mlrd so‘mlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1 iyul holatiga davlat dasturi bo‘yicha texnikalarni xarid qilish bo‘yicha texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mldr. so‘m moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga buyurtmanomalar berildi va Jamg‘arma tomonidan 22,5 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berildi. 2016 yilning 1 iyul holatiga davlat dasturi bo‘yicha 37 dona va Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan 11 dona texnika xarid qilinib, shundan 26 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi. Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida Kompaniya tomonidan hammasi bo‘lib, jami qiymati 23,7 mlrd. so‘mlik 84 dona texnika yetkazib berildi.
II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalarini amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi 2016 yil 15 apreldagi 2- sonli bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilda rejada belgilangan texnikalar xaridini joriy yilning oktyabr oyiga qadar yakunlash xamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Melioratsiya Jamg‘armasini boshqarish departamenti va viloyatlar xokimliklari bilan birgalikda lizing oluvchilar tomonidan lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqildi va to‘lovlarni oyma-oy o‘z vaqtida to‘lab borilishi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2020 yillar davrida Uzbekimston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi 2016 yil 10 maydagi 47-sonli bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kompnaniyada 2015-2020 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tadbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Kompaniya faoliyati bo‘yicha davlat xizmatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning reglamentlarini Yagona Davlat xizmatlari reyestriga sifatli va to‘liq taqdim etildi. Shuningdek muntazam ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati bo‘yicha reyting baholarini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmokda xamda yagona intekrativ davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilayotgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijrosi to‘liq nazoratga olindi. Internetdagi rasmiy veb-saytda amalga oshirilayotgan ishlar, tarkibiy va kadrlarga oid o‘zgarishlar, qabul qilingan qarorlar, sohaga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalarni doimiy ravishda yoritib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijrosini o‘rganish Vazirlar Mahkamasini ishchi guruhi tarkibida Kompaniya xodimlari ishtirok etib, xarid qilinayotgan lizing texnikalaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
III. “O‘zmeliomashlizing” DLKning moliyaviy-iqtisodiy holati.
Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati o‘tgan davrlarga nisbatan yaxshilanib kelmoqda. Kompaniyaning bugungi kundagi lizing operatsiyalari bo‘yicha aktivlari 273 233,0 mln so‘mdan iborat. 2016 yilning 1 iyul holatiga lizing portfelida yetkazib berilgan texnikalar soni 2006 dona va portfeldagi umumiy lizing qiymati 338 301,0 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati (45,9 mlrd so‘m ) 115 foizni tashkil qildi. 2016 yil yanvar-iyun oyi davomida lizing xizmatidan olingan daromad 2604,0 mln so‘mni tashkil etadi.
2016 yilning I-yarim yilligi davomida jami qiymati 23 706,0 mln so‘mlik 84 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi. 2016 yilning yanvar-iyun oyi davomida Jamg‘arma hisob raqamiga olingan qarz mablag‘lari hisobidan 17 598,4 mln so‘m qaytarildi.
Kompaniyaning 2016 yil 1 iyul holatiga olgan sof foydasi 1601,4 mln so‘mni, tashkil etadi.
IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi.
Lizing oluvchilar tomonidan 2016 yilning yanvar-iyun oylari davomida Kompaniya hisob raqamiga lizing to‘lovlari bo‘yicha 19 064,6 mln. so‘m mablag‘, shu jumladan 4 590,9 mln. so‘m oldindan 15 bo‘nak to‘lovlari va 14 473,7 mln. so‘m lizing to‘lovlari tushirilgan. Lizing to‘lovlari bo‘yicha tushumlarning ortib borishiga qaramasdan, ayrim lizing oluvchi davlat unitar korxonalari, irrigatsiya tizim boshqarmalarining yetkazib berilgan texnikalar uchun hisoblangan lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari hamon saqlanib qolmoqda. Qarzdorliklarni uzish bo‘yicha Qishloq va suvxo‘jaligi vazirligi, viloyat xokimliklari va irrigatsiya tizim havza boshqarmalariga bir necha bor yozma murojat qilininishiga qaramasdan lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni qisqartirish borasida olib borilgan ishlari qoniqarsiz qolmoqda.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida lizing to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan 12 ta davlat unitar korxonalaridan mavjud qarzdorliklarini undirish uchun xo‘jalik sudlariga hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.
Ko‘rilayotgan barcha tadbirlarga qaramay, lizing oluvchilarning Kompaniya oldidagi lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari 2016 yilning 1 iyul holatiga 5 443,4 mln. so‘mni, shundan muddati o‘tgan qarzdorlik 2643,1 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 168,9 mln so‘mga kamaygan. Qarzdorlikni umumiy portfeldagi ulushi 1,61 foizni tashkil etgan holda o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,30 foizga kamayishga erishildi.
Xususan katta qazdorlik Jizzax viloyati bo‘yicha 1063,9 mln. so‘m, Sirdaryo viloyati bo‘yicha 744,9 mln. so‘m, Toshkent viloyati bo‘yicha 608,3 mln. so‘m, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 570,6 mln.Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Jizzax viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan. Toshkent viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim.sharqida. 1938 y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim.gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim.sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, jan. Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi. so‘m, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 507,3 mln.Surxondaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 y. 25 yanv.da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 y. fev. so‘mni tashkil etadi.
V. Meliorativ texnikalarga servis xizmati ko‘rsatish.
“Meliomashlizingservis” sho‘’ba korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida lizingga berilgan texnikalarga 2563,0 mln so‘mlik servis xizmatlari ko‘rsatildi.
Texnikalardan oqilona va samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida texnika ishlab turgan joyni onlayn rejimida ko‘rsatib turuvchi GPS kurilmalari joriy yilning I-yarim yilligi davomida 84 dona texnikalarga o‘rnatilidi.
VI. Kompaniya xodimlarini malakasini oshirish.
Kadrlar zahirasini shakllantirish uchun Kompaniyaga eng istiqbolli xodimlardan tanlangan nomzodlar ro‘yxati har chorakda qayta ko‘rib chiqib tasdiqlanadi. Kompaniya bo‘lim boshliqlarini boshqa bo‘limlarda ham rahbarlik qilishni o‘rganib chiqishini ko‘zda tutgan holda ularning ish o‘rinlarini rotatsiya qilish rejalashtirildi.
|
| |