|
Mavzu: umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish reja
|
bet | 1/4 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 22,26 Kb. | | #152030 |
Bog'liq MTT davlat va nodavlar
MAVZU: UMUMIY TIPDAGI DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISH
Reja:
1.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etishga qo'yiladigan talablar
2. Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish tartibi
3.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatlarini tashkil etish
4.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini direktoring faoliyati VA ahamiyati
1.1.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etishga qo'yiladigan talablar
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish foliyatini tartibga solidi.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi: Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’ligini mustahkamlash;
Bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi(nutqida, ko’rishida, eshitishda) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish; Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish
|
| |