• 2.2.Maktabgacha talim tashkilotlarini direktoring faoliyati VA ahamiyati
  • Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish




    Download 22,26 Kb.
    bet3/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi22,26 Kb.
    #152030
    1   2   3   4
    Bog'liq
    MTT davlat va nodavlar

    Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis gtomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
    Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
    Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tominidan, shuningdek, qonun hujjjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi
    2.2.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini direktoring faoliyati VA ahamiyati
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu xujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to’laqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.U maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo’naltirilgan. Ushbu hujjat O’Zbekiston Respublikasi territoriyasida, mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llanilishi majburiydir:
    -umummiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida;
    -maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan «Mehribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;
    -maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;
    -maktabgacha va boshlang’ich ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
    -maktabgacha va boshlang’ich ta’lim turlari bo’yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda.
    Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi rivojlanishining 4 ta yo’nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o’z o’ziga xizmat va gigiena; ijtimoiy - hissiy rivojlanish; nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash). Bu 4 ta yo’nalish bo’limlarga bo’linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.Qayta ishlangan talablar jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida ota-onalarning ko’nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek muassasalarda ta’lim dasturlari va metodikalarini baholashga qaratilgan.Ushbu xujjat bolalarga “tamg’a osish” vositasi sifatida emas, balki bolalar sharoitini yaxshilash, ularning bolalik huquqini ta’minlash sifatida qo’llanilishi lozim.

    Download 22,26 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish

    Download 22,26 Kb.