OSI modeli va kommunikatsion protokollar orasidagi bog’lanishlar:
Tarmoq sathi protokollari
Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi:
Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi.
Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi.
Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi:
Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi;
Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;
Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida).
Marshrutlash protokollari
TCP/IP protokollari stekining yo’nalish axborotlari bilan almshishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan:
Masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA);
Aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA).
Masofa-vektor algoritmida eng ko’p qo’llaniladigan protokol – bu RIP.
Aloqa holati algoritmi protokoli bu – OSPF.
IP-protokolining asosiy vazifasi – tarmoq tarkibidagi uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatish. IP-protokoli tarmoq uzellari orasida paketlarni bo’g’anish o’rnatilmasdan yetkazib berishni, yetkazib berishni nazorat qilishni, ma’lumotning to’qliqligini nazorat qilishni va paketlar oqimini boshqarishni ta’minlab beradi (protokol paketni ishonchli yetkazib berishni kafolatlamaydi).
IP-protokolining ma’lumot birligi IP-paket hisoblanadi. IP-paket sarlavha va ma’lumot maydonlaridan tashkil topgan. Sarlavha 20 dan 60 baytgacha hajmga ega bo’ladi va IP-protokolining xizmatchi axborotlarini saqlaydi. Ma’lumotlar maydoni uzatilayotgan ma’lumotni o’zida saqlaydi.
Sarlavha quyidagi maydonlardan iborat:
7.2-rasm. IP-protokoli sarlavhasining tuzilishi
Versiya (4 bayt) – IP-protokolining versiyasining identifikatori hisoblanadi. IP-protokolining 4-versiyasi (IPv4) hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan.
Sarlavha o’lchami (4 bayt) - qiymati ham 4 bit joy oladi va 32-bitli so’zda o’lchanadi. Odatda sarlavha 20 bayt (beshta 32-bitli so’z) o’lchamga ega bo’ladi, lekin parametrlar maydoniga xizmatchi zaruriy axborotlarni qo’shish hisobiga oshishi mumkin. Sarlavhaning eng katta qiymati 60 baytni tashkil qiladi.
Servis turi (8 bit) maydoni paketning prioritetini va marshrutni tanlash mezonlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
RFC 791 bilan mos ravishda, “Xizamat turni” maydonining dastlabki 3 biti paketning prioritetini (shoshilinchlik) ko’rsatadi. Bu bitlar 0 (past prioritet)dan 7 (yuqori prioritet)gacha qiymat qabul qiladi. Paket prioritetini hisobga oluvchi marshrutizatorlar, birinchi navbatda yuqori prioritetli paketlarni qayta ishlaydi. Keyingi 3 bit marshrutni tanlash mezonlarini belgilash uchun ishlatiladi.
6,7 va 8 qiymatli bitllarni sharhlash uchun variantlar:
Paket kechikishini minimallashtirish;
O’tkazish qobiliyatini maksimallashtirish;
Yetkazib berish ishonchliligini maksimallashtirish.
Paketning o’lchami (2 bayt) – paketning umumiy o’lchamini blgilash uchun ishlatiladi. Paketning o’lchami bu maydon kengligi bilan chegaralangan va 65535 dan oshib ketmaydi. Ko’pchilik tarmoqlarda 1500 bayt o’lchamli paketlar ishlatiladi (Ethernet II kadrining ma’lumot maydonining maksimal o’lchami).
Paket identifikatori (2 bayt) - kiruvchi paketni qismlarga (bo’laklarga) ajratish yo’li bilan paketlarni idrok etish uchun foydalaniladi. Bitta paketning barcha qismlari (bo’laklari) bu maydonda bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim.
Bayroqlar – bu maydon paket bo’laklarining belgilarini ko’rsatish uchun ishlatiladi. Maydonning uzunligi 3 bit.
Bo’laklarni ko’chirish maydoni (13 bit) – qismlarga ajratilmagan boshlang’ich paketning ma’lumot maydoni boshlanishiga nisbatan bu bo’laklarning ma’lumot maydonini siljitish baytda beriladi. Yig’ish/bo’laklashda paket bo’laklaridan foydalaniladi. Ko’chirish qat’iy tarzda 8 baytga karrali bo’lishi kerak.
Hayot vaqti (8bit) – bu maydon paketning tarmoqqa o’tishi uchun ketadigan belgilangan vaqtni berish uchun foydalaniladi. Paketning hayotiy vaqti sekundda o’lchanadi va manba tomonidan beriladi.
Protokol (8 bit) – bu paketning ma’lumot maydonida joylashgan axborot qaysi yuqori pog’onadagi protokolga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi identifikatordan tashkil topadi. Identifikator qiymati turli xil protokolllar uchun standartga mos holda beriladi. Masalan, 6 raqami paketda TCP xabari, 17 – UDP xabari, 1 – ICMP xabari borligini bildiradi.
Sarlavhaning nazorat yig’indisi (16 bit) – paket sarlavhasining nazorat yig’indisi qiymati. Bu maydon uzatish jarayonida paket sarlavhasining to’liqligini tekshirish uchun ishlatiladi. Nazorat yig’indisini paket manbasi hisoblaydi va paket o’tadigan har bir marshrutizator tomonidan tekshiriladi va qayta hisoblanadi. Nazorat yig’indisini qayta hisoblash paket sarlavhasi maydoning o’zgarishi bilan bog’liq, masalan, har bir marshrutizator “Hayot vaqti” maydonini o’zgartiradi. Nazorat yig’indisini hisoblashda “Nazorat yig’indisi” maydonining qiymati 0 ga teng deb qabul qilinadi.
Manba IP-manzili (32 bit) – paket yuborilgan uzel manzili.
Parameter – bu maydon paketni uzatishning qo’shimcha parametrlarini yoki paketning o’tish marshruti haqidagi yozuvlarni ko’rsatish uchun mo’ljallangan. Maydon zarur hisoblanmaydi va odatda faqat tarmoqni sozlashda ishlatiladi.
Baravarlash – maydon paket sarlavhasini 32 bitli chegarada baravarlash uchun ishlatiladi.
TCP/IP protokollar stekida 3 turdagi manzillar ishlatiladi:
Mahalliy (qurilmaviy) – tarmoq ostilarida paketlarni yetkazib berish uchun “mahalliy” texnologiyalar tomonidan ishlariladigan manzillar. Misol uchun, Ethernet, FDDI, WiMAX va boshqa tarmoqlardagi MAC-manzillar.
IPmanzillar – Internetda tarmoq interfeyslarini identifikatsiyalovchi tarmoq bosqichi manzillari. Bu manzillash tizimi universal va bir qiymatli usul bilan asosiy tarmoqning ixtiyoriy interfeysini identifikasiyalash imkonini berishi kerak. Buning hayratlanarli yechimi tarmoqdagi barcha tarkibiy tarmoqlarni noyob raqamlash bo’lib, bundan keyin har bir shunday tarmoqlardagi barcha bog’lamalar raqamlanadi.
Domen nomlar - kompyuterlarni identifikasiya qilish uchun TCP/IP tarmoqlaridagi apparat-dasturiy ta’minot IP-manzilning sonli ifodalanishiga asoslanadi. Biroq odatda foydalanuvchilar bir muncha qulay belgilar (domenli) kompyuter nomidan foydalanishni afzal ko’rishadi.
Xulosa:
Tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.Kompyuter tarmog'i - bu o'zaro bog'liq bo'lgan ikki yoki undan ortiq kompyuter tizimlari guruhi. Kompyuter tarmoqlari ma'lumotlarni yuborish va qabul qilish uchun bir nechta kompyuterlar bilan birgalikda ulanishga yordam beradi.
|