|
Reja: Tozalash ishlarini tashkil etish. Nomerni joylashish uchun tayyorlash
|
bet | 4/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 488,29 Kb. | | #103019 |
Bog'liq Masharipov Xasanboy Housekeeping Stolda ovqat qolgan bo‘lsa, uni muzlatgichga joylashtirish yoki ustini salfetka bilan yopish zarur. Agar ovqat nomerga restorandan keltirilgan bo‘lsa, idishlar ofitsiantga qaytariladi. Mehmonxonaga tegishli bo‘lsa, yuvib, artib, shkafga joylashtiriladi. Ko‘pgina mexmonxonalar stoli yuzasi plastik bilan qoplangan. Uni avval nam keyin quruq latta bilan artish kerak. Skatert yozilgan bo‘lsa, qoqib yana solinadi, zarur bo‘lsa almashtiriladi. So‘ngra gornichni yotoqxonada krovatni yig‘ishtirishga tushadi. Mehmonxona admnistratori nomerlarda qanaqa joyshab ishlatilayotganini doimo kuzatib borishi shart (eski , yirtiq, dog‘i bor joyshablar ishlatilishi mumkin emas). Mehmonxona admnistratori nomerlarda qanaqa joyshab ishlatilayotganini doimo kuzatib borishi shart (eski , yirtiq, dog‘i bor joyshablar ishlatilishi mumkin emas). Joyshablar yaxshilab yuvilib, kraxmallanib, dazmollangan bo‘lishi zarur. Nuqsonlar aniqlanganda joyshab almashtirilib, joyshabxonaga (belevoy) topshiriladi, lekin kir joyshab bilan birgalikda qo‘yish mumkin emas. Agar joyshab mehmon aybi bilan iflos qilingan bo‘lsa, xona bekasi qavat bo‘yicha navbatchi va qavat bo‘yicha mudiriga xabar berishi shart. Ushbu nomerni tozalashni va joyshabni almashtirishni mehmon oldida, konflikt holatni aniqlab, o‘tkazish zarur. Joyshab ta’mir-talab bo‘lsa, uni joyshabxona ishchilari ta’mirlashlari, buzilgan joyshablarni ro‘yxatdan chiqarishlari kerak. Joyshabni almashtirish xona bekasi va katta xona bekasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun har bir qavatda qavatning umumiy joylar sonidan 20% joyshab zaxirasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Yana bir muhim qoida, joyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qo‘yishga ruxsat bermaslik kerak. Yana bir muhim qoida, joyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qo‘yishga ruxsat bermaslik kerak. Mehmonxona joyshablarini yuvish mehmonxonaning o‘zida yoki shahardagi kir yuvish joylarida amalga oshiriladi. Joyshabxona xodimlari qavatdagi hodimlardan ishlatilgan joyshabni qabul qilib tozasini beradilar.
|
| |