|
Reja: Tozalash ishlarini tashkil etish. Nomerni joylashish uchun tayyorlash
|
bet | 3/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 488,29 Kb. | | #103019 |
Bog'liq Masharipov Xasanboy Housekeeping 2. Har bir qavatda to‘ldiriladigan axborot qog‘ozlarining (informatsionniy list-shaxmatka) mavjudligi. Ushbu hujjat qavat bo‘yicha navbatchi tomonidan rasmiylashtiriladi.Shaxmatkaga qavatda joylashganlar haqida barcha axborotlar ko‘rsatiladi( umumiy band xonalar soni, har bir xonada yashovchilar soni, kelish va ketish vaqti, bron qilingan nomerlar soni). 3. Mehmonxonada nomer fondi va umumiy foydalanish inshootlarini tozalash tadbirlarini o‘tkazish.katta xona bekasi nomerni joylashishga tayyorlash, mehmonlarning qavatda joylashishi va gornichni tomonidan bajarilgan tozalash ishlari sifatini nazorat qiladi. 3. Mehmonxonada nomer fondi va umumiy foydalanish inshootlarini tozalash tadbirlarini o‘tkazish.katta xona bekasi nomerni joylashishga tayyorlash, mehmonlarning qavatda joylashishi va gornichni tomonidan bajarilgan tozalash ishlari sifatini nazorat qiladi. 4. Mehmonxonaning injener-texnik xizmatiga kelib tushgan tamirlash va nosozliklarni bartaraf etish arizalarini rasmiylashtirish. 5. Malum bir tozalash ishlarini olib borish(tubdan, mehmon ketganidan keyin, bron qilingan nomerni). Tozalash ishlarini bajarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart. Har kunlik joriy tozalashni bajarish ketma-ketligi. Tozalayotganda eng avvalo nomerni havosini almashtish lozim. uchxonali nomer quyidagi ketma-ketlikda tozalanadi- avval yotoqxona, keyin mehmonxona, kabinet, yo‘lak va sanuzel. Ikkixonalida - avval yotoqxona, keyin mehmonxona va sanuzel. Bir xonali nomerda tozalashni ovqatlanish stolidan boshlash kerak. Stolda ovqat qolgan bo‘lsa, uni muzlatgichga joylashtirish yoki ustini salfetka bilan yopish zarur. Agar ovqat nomerga restorandan keltirilgan bo‘lsa, idishlar ofitsiantga qaytariladi. Mehmonxonaga tegishli bo‘lsa, yuvib, artib, shkafga joylashtiriladi. Ko‘pgina mexmonxonalar stoli yuzasi plastik bilan qoplangan. Uni avval nam keyin quruq latta bilan artish kerak. Skatert yozilgan bo‘lsa, qoqib yana solinadi, zarur bo‘lsa almashtiriladi. So‘ngra gornichni yotoqxonada krovatni yig‘ishtirishga tushadi.
|
| |