Reja: Xususiy yarim o’tkazgichlar haqida tushunchalar




Download 270.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.06.2023
Hajmi270.41 Kb.
#69485
  1   2   3
Bog'liq
Reja Xususiy yarim o’tkazgichlar haqida tushunchalar
19-04 12-38, 3chi snf harakatli o\'yinlar, asad, СЎРОВНОМА — lotinchasi, 1-маъруза кинематика, 9-SINF MONITORING TEST savollari, 8-sinf uzb mavzulashtirilgan testlar, 8530dde0-c348-4c39-9f95-a9d1e82eafac, dorixonalar, Fluktuasiya nazariyasi. Termodinamik parametrlarning fluktuasiya-fayllar.org, 3-Budjet hisobi - BHA ўзбек (2), manfaatlar-toqnashuvi 1 (1), videouroki-v-shkole (1), 13610108


5-mavzu. 
Xususiy yarim o’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi. 
REJA: 
1. Xususiy yarim o’tkazgichlar haqida tushunchalar. 
2. Xususiy yarim o’tkazgichlarning tashqi tasirga sezuvchanligi, elektron va 
kovak paydo bo’lish shartlari.
3. Xususiy tok tashuvchilar konsentrasiyasi. 
Yarimoʻtkazgichlar - elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar – oʻtkazgichlar 
(asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar dielektriklar 
orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida 
II,III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar (
B, C, Ge, Sn, P, Te, 
Se, In, Sb, As, S, Si
) va ularning bir qator birikmalari yarimo'tkazgichlar 
jumlasiga kiradi. 
Element va kristall panjara tuzilishiga ko’ra yarimo’tkazgichlar oltita 
guruhga bo’linadilar: 
1. Elementar yarimo’tkazgichlar: Si, Ge va Sn. 
2. Birikmali yarimo’tkazgichlar A
III
B
V
: AlAs, AlP, GaAs, GaP, InAs va InP. 
3. Birikmali yarimo’tkazgichlar A
II
B
VI
: CdS, CdSe, CdTe va ZnS. 
4. Birikmali yarimo’tkazgichlar A
IV
B
IV
: SiC, SiGe. 
5. Birikmali yarimo’tkazgichlar A
VI
B
VI
: PbS, PbSe va PbTe. 
6. Murakkab yarimo’tkazgichlar materiallar: Zn
x
Ga
1 -x
As, Zn
x
Hg
1 -x
Te

Yarimo'tkazgichlarda ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik 
elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning 
harakatlanish sharoitlari metallar va yarimo'tkazgichlarda turlicha boʻladi. 
Yarimo'tkazgichlar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: yarimo'tkazgichlarning 
elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (masalan, 
temperatura 1 K ga ortgandayarimo'tkazgichlarning solishtirma oʻtkazuvchanligi 
16-17 marta ortadi); yarimo'tkazgichlarning elektr oʻtkazuvchanligida erkin 
elektronlardan tashqari atombilan bogʻlangan elektronlar ham ishtirok etadi 
(baʼzi 
hollarda 
bogʻlangan 
elektronlar 
asosiy 
rol 
oʻynaydi); 
sof 
yarimo'tkazgichlarga 
oz 
miqdorda 
aralashma 
kiritib, 
uning 
oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish mumkin (masalan, 0,01% qoʻshilma 
kiritilganda yarimo'tkazgichlarning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi). 
Past temperaturalarda yarimo'tkazgichlarning solishtirma qarshiligi juda katta 
boʻladi va amalda ular izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan 
ularda zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi keskin ortadi. Masalan, sof 
kremniyda 20°C da erkin elektronlar konsentratsiyasi n=10
17 
m
-3
boʻlsa, 70°C da 


10
24
m
-3
gacha, yaʼni million martadan koʻproq ortadi. Yarimo'tkazgichlarda erkin 
elektronlar konsentratsiyasining temperaturaga bunday keskin bogʻlikligi 
oʻtkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati taʼsirida hosil boʻlishini koʻrsatadi. 
Yarimoʻtkazgich kristallda atomlar valent elektronlari yordamida oʻzaro 
bogʻlangan. Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent 
elektronlar orasida notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar oʻz atomi bilan 
bogʻlanishni uzib, kristallda erkin koʻchib yurish imkonini beradigan yetarli 
miqdordagi issiqlik energiyasiga ega boʻlib qolishi va erkin elektronlarga 
aylanishi mumkin. 
Tashqi elektr maydon boʻlmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat 
qiladi. Elektr maydon taʼsirida esa maydonga qarshi yoʻnalishda tartiblangan 
harakatga kelib, yarimo'tkazgichlarda tok hosil bo’ladi. Erkin elektronlar 
yuzaga keltirganoʻtkazuvchanlik elektronli yoki n-tipli oʻtkazuvchanlik deb 
ataladi. 
Bogʻlangan elektronning oʻz atomini "tashlab ketishi" atomning elektr 
neytralligini buzadi. Bunda "ketib qolgan" elektron zaryadiga miqdoran teng 
musbat zaryadli - kovak vujudga keladi. Tashqi elektr maydon boʻlmaganda 
elektronlar ham,kovaklar ham tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon boʻlganda 
esa elektronlar maydonga qarshi, teshiklar maydon boʻylab koʻchadi. 
Teshiklarning koʻchishi bilan bogliq oʻtkazuvchanlik teshikli yoki p-tipli 
oʻtkazuvchanlik deyiladi. Erkin elektronlar soni bilan teshiklar soni bir-biriga 
tengligi tushunarli. Anqlanishicha, ularning harakatlanish tezligi ham bir xil ekan. 
Demak, toza yarimo'tkazgichlardagi tok ayni vaqtda ham elektron, ham teshikli 
oʻtkazuvchanlikdan vujudga keladi. Bunday elektron-kovakli oʻtkazuvchanlik 
yarimo'tkazgichlarning 

Download 270.41 Kb.
  1   2   3




Download 270.41 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Xususiy yarim o’tkazgichlar haqida tushunchalar

Download 270.41 Kb.
Pdf ko'rish