|
Reja: Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyator va sirkulyatorlar. Optik multipleksor/demultipleksorlar. Optik kommutatorlar
|
bet | 1/6 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 29,83 Kb. | | #153651 |
Bog'liq Reja Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrla
Reja: Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyator va sirkulyatorlar. Optik multipleksor/demultipleksorlar. Optik kommutatorlar. Optik tarmoqlagichlar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Telekomunikatsiya injiniringi" kafedrasi
“Optik aloqa tizimlari” fanidan
Mavzu: Optik aloqa tizimining passiv komponentlari: optik tarmoqlagichlar, optik attenyuatorlar, optik izalyatorlar, difraksion panjaralar, optik sirkulyatorlar, optik filtrlar, ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar.
Bajardi: Aliqulov.S
Qabul qildi: Nurmurodov.J.X
SAMARQAND – 2022
Mavzu: Optik aloqa tizimining passiv komponentlari: optik tarmoqlagichlar, optik attenyuatorlar, optik izalyatorlar, difraksion panjaralar, optik sirkulyatorlar, optik filtrlar, ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar..
Reja:
1. Optik tarmoqlagichlar.
2. Optik attenyuatorlar.
3. Optik filtrlar.
4.Optik izolyator va sirkulyatorlar.
5. Optik multipleksor/demultipleksorlar.
6. Optik kommutatorlar.
1. Optik tarmoqlagichlar.
TOA tizimlarini eng muhim passiv elementlaridan biri optik tarmoqlagich (coupler) hisoblanadi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolali-koaksial tarmoqlarini qurishda, shuningdek davlatlararo to‘liq optik tarmoqlarni loyixalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo‘llanilmaganda, tarmoq juda qimmatga tushardi [1]. Tarmoqlagichlar yorug‘lik oqimlarni bir necha yo‘nalishlarga ajratadi yoki bir necha oqimlarni bitta yo‘nalishga birlashtiradi.
Splitter (cplitter)-odatda bir kirish va bir necha chiqishdan iborat qurilma. U signallarni ikki yo‘nalishda uzatish uchun yoki oqimni ikki yoki undan ortiq qurilmalarga va foydalanuvchilarga taqsimlash uchun ishlatilinishi mumkin.
Kombayner (combiner)-odatda bitta chiqish va ikki yoki undan ortiq kirishiga ega qurilma. U bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin [6].
Tarmoqlagichning asosiy turlari quyidagilardir: daraxtsimon tarmoqlagich; yulduzsimon tarmoqlagich; shaxoblagich.
Daraxtsimon tarmoqlagich (tree coupler) signal oqimini bitta kirishga qabul qilib, uni bir necha chiqishlarga taqsimlovchi va bunga teskari vazifani bajaruvchi qurilma. U signalni manbadan bir necha foydalanuvchilarga taqsimlash uchun qo‘llaniladi (16.1,a-rasm). Odatda daraxtsimon tarmoqlagichlarda quvvat hamma chiqishlarga teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichni hozirgi modelida chiqishlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsimon tarmoqlagichlar signallarni birlashtirish vazifasini ham bajarishi mumkin.
Yulduzsimon tarmoqlagichda(star coupler) kirish va chiqishlar soni bir xil. Optik signal n kirishlardan biriga tushadi va n chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2x2 va 4x4 yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Aralashtirib yubormaslik uchun kirishlar lotin xarflari va chiqishlar son bilan belgilangan (16.1,b-rasm). Yulduzsimon tarmoqlagichlar barcha chiqishlar o‘rtasida quvvatni teng darajada taqsimlaydi.
Shaxoblagich (otvetvitel) (tap) - bu chiqishlariga quvvat teng taqsimlanmaydigan, daraxtsimon tarmoqlagichni umumlashganidir (16.1,v-rasm). Ular 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli bo‘lishi mumkin. Chiqish quvvatini ma’lum bir qismi (50% dan kam) shaxoblantirgich kanaliga (kanallariga) boradi, katta qismi esa magistral kanalda qoladi. Chiqishlari quvvatni kamayishi tartibida raqamlanadi [1].
Optik tarmoqlagichlar celektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir) va noselektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir bo‘lmagan)ga bo‘linadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv elementlarga kiradi.
11.4- rasm. Tarmoqlagich turlari: a) - daraxtsimon tarmoqlagich; b) - yulduzsimon tarmoqlagich; d) – shaxoblagich.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyator va sirkulyatorlar. Optik multipleksor/demultipleksorlar. Optik kommutatorlar
|