-rasm. Yer osti muhandislik inshootlarini ko‘cha eni bo‘ylab joylashtirish




Download 497,15 Kb.
bet3/4
Sana05.12.2023
Hajmi497,15 Kb.
#111338
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza ШЙК

37-rasm. Yer osti muhandislik inshootlarini ko‘cha eni bo‘ylab joylashtirish.
1-elektrokabel; 2-telefon kabeli; 3-gaz quvuri; 4-vodoprovod; 5-konalizatsiya; 6-tashqi yorug‘lik elektr kabeli; 7-texnik suv quvuri; 8-yog‘in suvlari qudug‘i; 9-suv ketkizuvchi quvur;

Kuchalar qurilayotgan vaqtda yer osti xo‘jaligining biron qismi yetarlicha rivojlantirilmagan va yer osti tarmoqlarini o‘tkazish zaruriyati tug‘ilmagan bo‘lsa, ular uchun xozircha ko‘kalamzorlashtirish uchun ajratilgan palasalar zaxira qilib qo‘yiladi. Ba’zi tarmoqlar (masalan telefon yoki telegraf aloqasi, radiotranslyatsiya, yong‘in yoki boshqa signalizatsiya tarmoqlari) uchun asbosementquvurlardan qurilgan bo‘sh kanallar oldindan yotqiziladi. Ularga keyin tegishli kabellar, ko‘chaning yuzasini qazimay tortiladi. Shahar ko‘chalarida yer osti tarmoqlarini kelgusida rivojlanishini hisobga olib ratsional o‘rnatish, yo‘l to‘shamalarini qurish va ko‘chani obodonlashtirish loyihalarini tuzish bilan bir vaqtda loyihalanadi. Ko‘chalar ostida magistral yer osti tarmoqlarini o‘rnatishni loyihalashda quyidagi asosiy qoidalarga tayanish zarur. Ularga rioya qilish bu tarmoqlarni ratsional va rentabel yotqizishni ta’minlaydi.


1.Trotuarlar, ko‘kalamzorli polosalar ostida imkon boricha ko‘p miqdarda kabel tarmoqlari o‘rnatishni loyihalash kerak. Agar yer osti tarmoqlarini qatnov qismi ostida o‘rnatmaslikning iloji bo‘lmasa, asosan, o‘zi oqadigan yer osti tarmoqlari-suv tarnovlari, kanalizag‘iya va drenaj tarmoqlarini o‘tkazish kerak. Chunki ularni ekspluatag‘iya qilganda kamdan kam hollarda quvurlarning alohida bo‘g‘inlari yoki quduqlarini almashtirishda yo‘l to‘shamalarini qazish zaruriyati tug‘iladi.
2.Yer osti tarmoqlarini iloji boricha to‘g‘ri, ko‘chaning qizil chiziqlariga parallel qilib trassalashtirishi kerak. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha yer osti tarmoqlari o‘tkazilgan kvartal va mikrorayonlar hamda boshqa kesishlarga to‘g‘ri burchak bilan yoki undan biroz qiyalatib kirishga ruxsat beriladi.
3.Binolar, inshootlar va tarmoqlarning xavfsizligi bo‘yicha amaldagi qoidalarni hisobga olgan holda, tarqatuvchi tarmoqlarning qurilishga eng kam yaqinlashishini ko‘zda tutish zarur.
4.Ko‘chaning qizil chiziqlari orasidaer osti tarmoqlari va ko‘rish quduqlarning ko‘ndalang kesishishlari soni eng kam darajada bo‘lishi kerak.

Kirish joylarida tarqatuvchi tarmoqlar nazorat quduqlarini qurish kvartallar va mikrorayonlarda qizil chiziq bilan loyihalanadi.
Shahar ko‘chalari va maydonlarini loyihalashda ular osti quyidagi magistral yer osti tarmoqlarini yotqizish imkoniyati ko‘zda tutishi lozim: kanalizatsiyalar; suv tarmoqlari : drenajlar: suv quvur yo‘li (xo‘jalik, yong‘inga qarshi sug‘orish va sanoat suv quvur yo‘llari): gaz quvur yo‘llari, issiqlik quvur yo‘llari (suv va bug‘ quvur yo‘llari): past va yuqori kuchlanishli quvvat uzatish kabellari; yuqori va past kuchlanishli shaharni yoritish elektr kabellari; elektrotransport kabellari; aloqa kabellari (telefon, telegraf va radioeshittirish); energetika-xo‘jalik aloqa kabellari; muassasaviy aloqa kabellari; yong‘in va boshqa kanalizatsiya kabellari.
Sanab o‘tilgan yer osti tarmoqlarining ba’zilari bir necha alohida mustaqil quvurlardan tashkil topgan. Masalan, suv quvur yo‘li tarmog‘ini har xil diametrli magistral suv uzatkichlar tashkil qiladi, gaz quvur yo‘llari baland, o‘rtacha va past bosimli quvur yo‘llardan iborat.
Ko‘pgina ko‘chalarda ikkita yoki undan ko‘p bir xil tarmoqlar trassalashtiriladi.
Ko‘chalar ostida yer osti tarmoqlarini o‘rnatishning bayon qilingan prinsiplaridan tashqari quyidagilarni hisobga olish zarur: har bir turdagi tarmoqlar va inshootlarni ekspluatatsiya qilishda aniqlanadigan texnologik hususiyatlar; shahar ko‘chalarining obodonlashtirish, harakatni tashkil etish va ekspluatatsiya qilish talablari; trassalar o‘zaro kesishganda o‘zi oqadigan tarmoqlarni o‘tkazish imkoniyatlari; yer osti tarmoqlarini, berilgan prinsiplariga muvofiq kengaytirilayotgan shaharning yangi qismida ko‘chada o‘rnatish mumkin.
Qizil chiziqlar orasidagi ko‘chalarning enini 50 metr va undan ko‘p bo‘lganda tarqatuvchi yer osti kabellari birinchi galda kabel tarmoqlarini ko‘chaning ikki tamonida (baravariga ikki joyda o‘tkazish), bevosita qurilishga yaqin, trotuarlar va ko‘kalamzorlar polosalari ostida o‘tkazish iqtisodiy jixatdan to‘g‘ri va texnik jixatdan maqsadga muvofiqdir.
Yer osti tarmoqlarini baravariga ikki joyda o‘tkazish uchun eng qulay sharoitlar hiyobonlar bo‘lgan, ajratib qo‘yilgan polotnoda ko‘chaning o‘rtasida tramvay yo‘llari yotqizilgan ko‘chalarda yuzaga keladi. Bunda binolar va kvartallarga yer osti tarmoqlarini ko‘ndalang kiritishlar uzunligi qisqaradi, yer osti tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda esa yo‘l to‘shamalarini ochish qimmatga tushadi.
Ko‘chaning eni 50 metrdan kam bo‘lganda ba’zan tarqatuvchi tarmoqlarini qurilishi bo‘yida ko‘chaning har xil tomonida o‘rnatish maqsadga muvofiq (baravariga ikki joyda o‘tkazish).
Bunday yechim texnik iqtisodiy hisoblar bilan tasdiqlangan bo‘lishi, maqbul deb tan olish mumkin. Bu holatda tarqatuvchi tarmoqning narxi (baravariga ikki joyda o‘tqazilgan tarmoq quvurning diometrini bir tomonlama o‘tkazilgan tarmoq quvurining diometriga nisbatan kamaytirish mumkinligini hisobga olib) ko‘ndalang tarmoqlanish uzunligini kamaytirish bilan bog‘liq ishlar narxi hamda qatnov qismini kavlash narxi bilan taqqoslanadi. Bunday texnik-iqtisodiy taqqoslashda ko‘chaning vazifasi va unda harakatlanish jadalligini hisobga olish zarur.
Har bir ortiqcha nazorat qudug‘i esa, bu yerda boshqa yer osti tarmoqlari o‘tkaziladigan foydali maydonni kamaytiradi. Yer osti tarmoqlarini o‘tkazishning texnik shartlari trotuarlarda va binoga o‘zi oqadigan tarmoqlar quriladigan joylarda nazorat quduqlarini qurishga yo‘l qo‘ymaydi.
Yer osti tarmoqlarini ko‘chaning eni va yotqizish chuqurligi bo‘yicha o‘rnatish loyihani tuzishda quyidagi o‘rtacha me’yorlarga tayanadi. Quvvat uzatish kabellari qizil chiziqdan 0.6 m. masofada va birinchi kabelgacha, keyingi kabellar bir biridan har 0.15 m.da trassalashtiriladi. O‘tkazish chuqurligi 0.6-0.8 m. tashqarini yoritadigan elektr kabellar eng yaqin yo‘l chetidagi bordyurdan 0.5 m. masofada yotqiziladi.



Download 497,15 Kb.
1   2   3   4




Download 497,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yer osti muhandislik inshootlarini ko‘cha eni bo‘ylab joylashtirish

Download 497,15 Kb.