|
Reja: Yer osti muxandislik tarmoqlari turlari
|
bet | 1/4 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 497,15 Kb. | | #111338 |
Bog'liq 9-ma\'ruza ШЙК
9-Ma’ruza.
Mavzu: Shahar ko‘chalari va yo‘larida muhandislik tarmoqlari va ularni loyihalash.
Reja:
Yer osti muxandislik tarmoqlari turlari.
Shaharlar ko‘chalarida yer osti muxandislik tarmoqlariga bo‘lgan tavfsiyalar.
Ko‘chalarga yer osti muhandislik tarmoqlarini o‘rnatish.
Tayanch so‘z va iboralar: tarmoqli rekonstruksiya, tarmoqlarni joylashtirish, planlashtirish, trassalardagi tarmoqlar, telegraf aloqasi, radiotranslyatsiya, yong‘in va signalizatsiya tarmoqlari, kabel tarmoqlari, tarmoq loyihasi, quvur.
Shahardagi aholi va korhonalarni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz, barcha turdagi aloqa vositalari va boshqa xizmatlar bilan taminlash, shuningdek, yer usti suvlari, sanoatda ishlatib bo‘lingan va fekal suvlarni chetlatish uchun yer osti muhandislik-texnik tarmoqlarini qurish zarur.
Oxirgi tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti inshootlari uchun xarajatlar aholi punktlarini qurish narxining katta qismini tashkil qiladi. Bunda suv ta’minoti va kanalizatsiya kommunikatsiyalarining asosiy turlari uchun umumiy xarajatlarning eng katta qismi yer osti tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Tarmoqning narhi suv quvur yo‘li inshootlari umumiy narxining 30% dan 70% gacha qismini tashkil etadi. Agar mahalliy sharoitlarga ko‘ra faqat mexanik tozalash kerak bo‘lsa va haydash stansiyalari qurilmasakanalizatsiya tarmoqlari uchun umumiy ajratilgan mablag‘lar hajmining 90% iga yaqin bo‘lishi mumkin. Yer osti tarmoqlari qurish xarajatlari magistral quvuryo‘llar va tarqatuvchi tarmoqlarni o‘tkazish narhidan tashkil topadi.
7-jadval
|
| |