Reja Zamonaviy boshlang’ich ta‘lim




Download 22,19 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2023
Hajmi22,19 Kb.
#122525
1   2
Bog'liq
Matematik metodik tizimining asosiy kompanentlari o\'qitish maqsadi mazmuni shakllari,metodlari
8 Mavzu, kompyuter tarmoqlari 1-mustaqil ish, Dasturiy ta, wp9863, 1-dars Natural sonlar ustida, Big bite, My day, Мустакил иш АБН, interfaol uslublar, 3-mavzu Allomalarimiz, 5-Mavzu Pedagogik dasturiy vositasilardan o‘quv jarayonida foyd, 1-bob. Multimеdia ma`lumotlarini qayta ishlovchi dasturiy vosita, atom yadrosining tuzilishi, 4-Mavzu O‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini va komp, 9-Mavzu Zamonaviy dasturlash tillarida, web-texnologiyalari aso
2. Matematika metodikasining pedagogika va psixologiya, pedagogik texnologiya fanlari bilan aloqasi. Boshlang’ich sinf MO’M

pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO’M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog’lanish mavjud.


Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta‘minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma‘lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta‘minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan ―oziqlanadi‖, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o’z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Boshlang’ich matematika metodikasi ta‘limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan bog’liq.
O‘qitishda predmetlararo bog’lanishni to’g’ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini o’rganish, suhbat va so’rovnomalar o’tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, matematekani o‘qitishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Matematika metodikasi ta‘lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
  1. Nima uchun matematikani o’rganish kerak?


  2. Matematikadan nimalarni o’rganish kerak?


  3. Matematikani qanday o’rganish kerak?


Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib Shveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan ―Sonni ko’rgazmali o’rganish‖ asarida bayon qilingan. Boshlang’ich ta‘lim haqida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta‘lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang’ich ta‘lim asoslarini o’rganish muammolari haqida o’z davrida ilg’or g’oyalarni olg’a surganlar.


MO’M o’zining tuzilish xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uch bo’limga bo’linadi.
  1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi.


Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.


  1. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi.


Bu bo’limda matematika o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi.


  1. Matematika o‘qitishning aniq metodikasi. Bu bo’lim ikki qismdan iborat:


  1. Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.


Boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo’llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.


Kuzatish aniq maqsadni ko’zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig’ida davom etadi.
Kuzatish tutash yoki tanlanma bo’lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o’zgartirib turiladigan sharoitda o’tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o’tkaziladi.Pedagogik tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chig’arish, ishchi faraz tuzish, boshlang’ich sinflarda matematika O‘qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, Xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar «Тa’lim to‘g‘risida»gi qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgandek har bir boshlang‘ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo‘yilmoqda. Bu vazifalar boshlang‘ich ta’lim uchun xos bo‘g‘inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‘g‘inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturlarida, o’quv rejalarida, darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin.
Davlat ta’lim standartlarining aniq o’quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilishio’quv fanlarini variativ tanlash asosida o’quv-metodik majmualar (dastur, o’quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o’quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarining ichki bog‘liqligi va fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflar o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o’qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang‘ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinf o’qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematikani o’qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlar boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
6–10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to‘ldirish juda qiyin.Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o’qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o’qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas.O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda va mashg‘ulotlarning o‘zida o’qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas.O’qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o’quv vaziyat uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi o’qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o‘yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o‘yinlardan foydalaniladi va o‘rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalarni 6–7 yoshdan o’qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Bu bog‘cha -maktablarda o’qitish orqali hal etiladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ko‘paytirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (20 ichida) boshlang‘ich ta’limning markaziy vazifasi bo‘lib kelgan va shundoq bo‘lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo‘lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Ushbu ikkita asosiy yo‘l bilan belgilanadi: 1) pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash; 2) matematika yo‘li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o’qitish ayniqsa boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o’qitishga bag‘ishlangan. 1997-yil 6-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta’limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O’qitishni tashkil qilishning rejalari ko‘rsatilgan.
Maktab ta’limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Тa’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari Boshlang‘ich sinflarda matematikao’qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi.
Matematika so‘zi grekcha “mathema” so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob’ekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar (metodika)orqalio’quvchilarga yetkaziladi.
“Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq matematika o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O’qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chikarish matematika o’qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o’qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun matematika o’qitiladi, o‘rgatiladi).
2. Matematika o’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o’quv ishlariga o’quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o’quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O’qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o’qitish kerak, ya’ni, o’quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
4. O’qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o’quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o’qitish).
5. Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish)
O’qitish maqsadlari
O’qitish mazmuni o’qitish shakllari
O’qitish metodlari
O’qitish vositalari
O’qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya».
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
MO‘M umumiy matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
http://fayllar.org
Download 22,19 Kb.
1   2




Download 22,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja Zamonaviy boshlang’ich ta‘lim

Download 22,19 Kb.