Rejalashtirish va Informatsiya – komnunikatsiyali texnologiyalarining qurish tarmoqlari




Download 6,12 Mb.
bet15/62
Sana08.01.2024
Hajmi6,12 Mb.
#131904
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
Rejalashtirish va Informatsiya – komnunikatsiyali texnologiyalar

Radiokanal

Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan foydalaniladi, shuning uchun o‘nlab, yuzlab va minglab kilometrlarga aloqa ta’minot mumkin. Uzatish tezligi sekundiga o‘nlab megaitga yetishi mumkin (bu yerda tanlangan to‘lqin uzunligi va kodlash usuliga bog‘liq). Ammo lokal tarmoqlarda qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning narxlari ancha yuqori bo‘lgani uchun, shovqinlardan himоyalаnishi past bo‘lgani uchun, uzatiladigan axborotlarni to‘liq maxfiyligi bo‘lgani uchun va aloqani kam ishonchliligi bo‘lgani uchun radiokanal keng tarqalganmagan.


Global tarmoqlar uchun radiokanal – bu ko‘pincha yagona hal etish imkoniyati, chunki yer yo‘ldosh – retranslyator yordamida nisbatan oson butun dunyo bilan аlоqаni ta’minlay oladi. Bir birovidan uzоqda joylashgan ikki va ko‘proq lokal tarmoqlarni bir tarmoqga aylantirib aloqa uchun radiokanal ishlatiladi. Axborotni radiouzatishda bir nechta standart turlari mavjud. Ularning ikkitasida to‘xtaymiz.

  • Tor spektorda uzatish (yoki bir chastotali uzatish) 46500 kv.m.gacha bo‘lgan maydonni qamrab olishiga hisoblangan. Bunda radiosignal metali va temirbetonli to‘siqlardan o‘ta olmaydi, shuning uchun bir bino miqiyosida ham aloqa qilishda jiddiy muammolar bo‘lishi mumkin. Aloqa nisbatan sekin (4.8 Mbit/c atrofida).

  • Tarqlagan spektrda uzatish bir chastotali uzatishlar kamchiliklarni yopish uchun kanallarga bo‘lingan ma’lum bir chastotalar polosasidan foydalanishni nazarda tutadi. Tarmoqning barcha abonentlari ma’lum bir vaqt oralig‘ida sinxrom ravishda keyingi kanalga o‘tishadi. Maxfiyligini oshirish uchun axborotni maxsus kodlash ishlatiladi. Bunda uzatish tezligi yuqori emas – 2 Mbit/s dan oshmaydi. Оchiq maydonda abonentlar orasidagi masofa 3.2 km dan kamroq va bino ichida 120 m dan kamroq.

Yuqorida ko‘rsatilgan turlardan tashqari, boshqa radiokanallar ham bor. Masalan uyali tarmoqlar, ular uyali telefon tarmoqlari bo‘lib o‘sha prinsiplarda quriladi (ular maydon bo‘yicha bir tekisda tarqalgan retranslyatorlarni ishlatadi), shuningdek, yer ustidagi ob’yektlar orasida tor yo‘naltirilgan uzatishlarni yoki yer yo‘ldoshi va yer stansiyalari orasida ishlatadigan mikro to‘lqinli tarmoqlar.
Infraqizil kаnаl ham ulanadigan simlarni talab qilmaydi, chunki aloqa uchun infraqizil nurlarni ishlatadi (xudi o‘ydagi telivizorni masofadan pult orqali boshqaradiganga o‘xshash). Radiokanalga qaraganda uning asosiy ustunligi – elektormagnit to‘siqlarining sezmasligi, masalan, ishlab chiqarish sharoitlarida uning qo‘llanishi mumkin. To‘g‘ri, bunda uzatish quvvati ancha yuqori bo‘lishi kerak, chunki boshqa hech qanday issiklik (infraqizilli) nurlar manbalari ta’sir ko‘rsatmasligi uchun. Infraqizil aloqa xavoning yuqori changlanishi sharoitida ham yomon ishlaydi.
Infraqizil kanali bo‘yicha axborotni uzatish eng yuqori tezligi 5-10 Mbit/s dan oshmaydi. Radiokanalga o‘xshab uzatiladigan axborotning maxfiyligiga erishib bo‘lmaydi. Radiokanalga o‘xshab ancha qimmat uzatuvchi va qabul qiliuvchi stansiyalar kerak bo‘ladi. Bularning hammasi infraqizil kanallari kamdan kam ishlatishga olib keladi.
Infraqizil kanallar ikki guruhga bo‘linadi:

  • To‘g‘ri ko‘rinishli kanallar, - uzatuvchidan qabul qiluvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri keladigan nurlarda aloqa аmаlgа oshiriladi. Bunday aloqa tarmoq kompyuterlari oralig‘ida faqat to‘siqlar bo‘lmaganda bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri ko‘rinishli kanalning uzunligi bir necha kilometrga yetishi mumkin.

  • Tarqalgangan nurlarda ishlaydigan kanallar – devorlardan, potoloklardan, pollardan va boshqa to‘siqlardan qaytarilgan signallarda ishlaydigan kаnаllar. Bu holatda to‘siqlar uncha xavfli emas, lekin aloqa faqat bir xona ichida аmаlgа oshiriladi.

Agar mumkin bo‘lgan topologiyalar to‘g‘risida gap ketsa, ko‘proq tabiiyki, hamma simsiz aloqa kanallari “shina” turidagi topologiyasi uchun to‘g‘ri keladi, bunda axborot bir vaqtda xamma abonentlarga uzatiladi. Ammo tor yo‘nal-tirilgan uzatishni tashkil qilishda xar qanday TOPI ni аmаlgа oshirish mumkin (halqa, yulduz, kombinatsiyalangan topologiyalar) radioto‘lqinlarida xam, va infraqizil kanalida xam.
Lokal tarmoqlar topologiyalari xususiyatlarning ko‘zdan kechirib chiqishni tamomlarkanmiz, belgilab o‘tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiya bar bir asosiy omil emas. Undanam, muhimrog‘i, masalan, tarmoqning standartlashtirish darajasi, almashuv tezligi, abonentlar soni, asbob-uskunalar narxi, tanlangan dasturiy ta’minot. Lekin boshqa tomondan qaraganda ba’zi tarmoqlar har xil darajada har xil topologiyalarni ishlatishga imkon yaratadi. Bu tanlash endi foydalanuvchi zimmasida yotadi, u yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limdagi topologiyalar xususiyatlarini hisobga olish kerak.



Download 6,12 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Download 6,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rejalashtirish va Informatsiya – komnunikatsiyali texnologiyalarining qurish tarmoqlari

Download 6,12 Mb.