Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna mmr-81




Download 8,16 Kb.
bet1/3
Sana16.02.2024
Hajmi8,16 Kb.
#157716
  1   2   3
Bog'liq
Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna m-fayllar.org


Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna mmr-81

Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari.

Norqulova Maftuna MMR-81

Reklama – marketingning eng muhim elementi ekanligi borasidagi asosiy fikrlar shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar zamonaviy iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab oladi va bunda firmalar marketing faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga ega bo’ladi.


Marketing to’plamining elementi sifatida reklamaning muvaffaqiyati hozirgi paytda ikkita holat – maqsadli yo’naltirilganlik va sistematik xarakter bilan, shuningdek, tovarni rejalashtirish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, unga talab, narx shakllanishi va sotuv bilan qalin aloqalar bilan asoslanadi.
Marketing bo’yicha adabiyotlarda reklamaga berilgan ko’plab ta’riflar mavjud. Reklama so’zining kelib chiqishi latin tili bilan bog’liq: italyan tilidagi «reclamare» so’zi qichqirish ma’nosini anglatadi. Reklama ingliz tilida «advertising» atamasi bilan belgilanadi, bu bildirish, xabar qilish ma’nosini anglatadi hamda iste’molchining e’tiborini mahsulotga (tovarga, xizmatga) jalb qilish va ushbu tovar yoki xizmatni xarid qilish borasida tavsiyalar, takliflar, maslahat va chaqiriqlar tarqatish sifatida talqin etiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan 723-I-son
«Reklama to’g’risida»gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar keltiriladi.
Reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va texnologiyalar to’g’risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot.
Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo’rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo’yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg’ituvchi yoki chalg’itishi mumkin bo’lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan reklama noto’g’ri (insofsiz, bilaturib yolg’on) reklama hisoblanadi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan barcha ta’riflarda reklamaning quyidagi
tavsifnomalari alohida ajratib ko’rsatiladi.
1. Shaxssiz xarakter. Kommunikativ signal potensial xaridorga reklama
qilinayotgan tovar sotuvchisidan emas, balki har xil turdagi vositachilardan kelib
tushadi (ommaviy axborot vositalari, turli xildagi reklama vositalari).
2. Reklama murojaatining sotuvchidan xaridorga bir tomonlama
yo’naltirilganligi. Oluvchining javob tariqasidagi reaksiyasi sezilarli vaqt oralig’iga
kechikishi mumkin.
3. Reklama samarasini o’lchash nuqtai-nazaridan noaniqlik.
Kommunikatsiyalarda qaytuvchan aloqa ehtimoliy va noaniq xarakterga ega. Xarid
fakti (sotuvchi, tabiiyki, xaridordan xarid haqida qaror kutadi) sub’ektiv xarakterga ega
bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.
4. Jamoatchilik xarakteri. Reklama qilinayotgan tovar qonuniy va umum e’tirof
etilgan ekanligi taxmin qilinadi. Reklama e’lonida homiy, reklama beruvchi, reklama
uning hisobidan va uning nomidan amalga oshiriladigan sub’ekt aniq belgilangan
bo’ladi.
5. Ko’zga yaqqol tashlanib turishlik va nasihat qilishga moyillik. Reklama
dalillarining kop marta takrorlanishi iste’molchiga psixologik ta’sir ko’rsatadi va uni
xaridga undaydi.

Download 8,16 Kb.
  1   2   3




Download 8,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna mmr-81

Download 8,16 Kb.