|
Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna mmr-81
|
bet | 2/3 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 8,16 Kb. | | #157716 |
Bog'liq Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna m-fayllar.orgReklamaning asosiy maqsadlari – xabardorlikni tashkillashtirish, axborot taqdim etish, ishontirish, eslatish, xarid haqida qaror qabul qilishga ko’ndirishdir.
Reklamaning yakuniy maqsadlari iste’molchilar xulq-atvorida kutilayotgan reaksiyaga erishishdan iborat: bilishga oid (taniqlilik, mashhurlik, marka nufuzliligi va h.k.); emosional (tan berish, moyillik, estetik qoniqish va h.k.); xulq-atvor (sinov tariqasida xarid qilishga undash, iste’mol qizg’inligini oshirish, savdo markasiga sodiqlikni kuchaytirish va b.). Reklamaning bosh maqsadi – mijozga shunday ta’sir ko’rsatish kerakki, u xarid paytida aynan reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilsin.
Reklama maqsadlari aniq belgilangan va bajarish mumkin bo’lgan marketing rejalariga bog’liq yud, agarda ular reklama samaradorligini oshirishni nazarda tutadigan bo’lsa – miqdoriy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan, reklama kommunikativligini oshirish uchun markaning 80% maqsadli doirada taniqliligini ta’minlash yoki 55% iste’molchilarda markaga munosabatni o’zgartirish maqsadi qo’yiladi. Iqtisodiy samaradorlik kattaroq bo’lishi uchun reklama qilinayotgan 138ovar sotuvini 30%, tovarning hayotiylik davri 1,5 yilga teng bo’lgan muddatda sotuv suratining 15% o’sishi maqsad qilib qo’yiladi.
Reklamaning iqtisodiy maqsadi quyidagi yechimlarni ko’zda tutadi:
➢ tovar sotuvini qo’llab-quvvatlash va kengaytirish yoki savdo aylanmasini
oshirish;
➢ ushbu tovar yoki xizmat turiga ehtiyoj shakllantirish;
➢ aynan ushbu tovarni aynan ushbu firmadan xarid qilishga undash;
➢ muayyan markali tovarga talabni rag’batlantirish va sotuvni rag’batlantirish;
➢ imtiyozli bitimlar, sotib yuborish, narxlarni arzonlashtirish haqida e’lonlar
berish;
➢ yangi tovar yoki xizmatni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish;
➢ potensial xaridorlarni tovar va ko’rgazmalarga tashrif buyurishga undash;
➢ tovarni yangi o’rovda taqdim etish.
Reklamaning vazifalari tovarlar va xizmatlar haqida, ularning xususiyatlari va
sotish shartlari, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida xabardor qilishdan iborat. Ular
muayyan reklama maqsadlarini bajarish davomida bosqichma-bosqich hal etiladi.
Reklamaning asosiy vazifalari uch guruhga ajratiladi:
➢ tijorat vazifalari – sotuvni rag’batlantirish, savdoning o’sishi, foydaning
ortishi, tovar aylanmasining tezlashuvi, foyda keltiradigan hamkorlar izlab topish;
➢ notijorat vazifalari – siyosiy maqsadlarni amalga oshirish, ma’naviy
negizlarni mustahkamlash, tabiatni asrash, kasallanishlarni pasaytirish, diniy
tadbirlarni qo’llab-quvvatlash va b.;
➢ imidj bilan bog’liq vazifalar – tovar va firma obrazini, firma va uning
mahsulotlari nufuzliligini shakllantirish.
|
| |