• I.BOB. ANGREN KO‘MIR KONINI KON-GEOLOGIK, KON-TEXNIK TAVSIF
  • Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin




    Download 1.35 Mb.
    bet1/20
    Sana11.08.2023
    Hajmi1.35 Mb.
    #78382
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Ангрен 9-шахта
    diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008, Zuxra, semema


    Kirish
    Konchilik sanoati yangi zamonaviy bosqichi bo‘lib, shaxta, rudnik, karerlarning ish ko‘lami kengayishi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining oshishi bilan baholanadi.
    Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev 2017–yil Navoiy viloyatiga tashrifi vaqtida Konnchilik sanoati rivojiga, mavjud texnika - texnologiyalarni modernizatsiya qilishga e’tibor qaratdilar. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2017-2026 yillarda konchilik tarmog‘ida yangi loyihalar strategiyasini belgilab berdilar. Bunda yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 iyun kuni “2017-2021 yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3054-son qaroriga asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan:
    Ko‘mir tarmoqlari korxonalarini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirish, ustuvor investitsiya loyihalarini ildam amalga oshirish, 2017-2021 yillar mobaynida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va aholi ehtiyojlari uchun prognoz qilinayotgan istiqboldagi talabni hisobga olgan holda, ko‘mir va ko‘mir mahsulotlarini qazib olish va etkazib berish hajmlari suratlarini oshirish maqsadida:
    Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
    - zamonaviy yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega tog‘ texnikasi va uskunalaridan foydalanish hisobiga o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ko‘mir sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
    - yangi konlarni ishlab chiqishga jalb etish yo‘li orqali, jumladan, ko‘mirni yer ostidan qazib olishni joriy etishni nazarda tutgan holda, ko‘mir sanoatining xom ashyo bazasini kengaytirish;
    - tog‘-kon ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi talablariga so‘zsiz rioya etgan holda kon yuzini ochish ishlari hajmlari bilan bir vaqtning o‘zida ko‘mir qazib olish suratlarini oshirish;
    - ko‘mir sanoati va yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan foydali qazilmalarning xom ashyo bazasidan oqilona foydalanish;
    - kuz-qish davridagi ehtiyojlarni to‘liq hajmda qondirilishini nazarda tutgan holda, respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va aholiga ko‘mir mahsulotlarini etkazib berish va sotish tizimini tubdan takomillashtirish;
    - ko‘mir mahsulotlari sifatini belgilash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni, shuningdek, qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan aholining ehtiyoji va uning sifatiga bo‘lgan talabni real vaqt miqyosida o‘rganish uchun so‘rovlar o‘tkazishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
    -ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishga, ko‘mirni er qa’ridan qazib olish sohasida talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o‘z ichiga olgan ko‘mir sanoati korxonalari kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
    «O‘zbekko‘mir» AJ rahbarlari zimmasiga, Dasturda nazarda tutilgan maqsadli parametrlar va investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilayotgan kreditlarni (qarzlarni) o‘z vaqtida va to‘liq hajmda qaytarishni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
    O‘zbekiston ham o‘zining er osti boyliklari bilan faxrlansa arziydi. Yurtimizda Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari mavjud.
    Hozirgi kunda 2.7 mingdan ziyod foydali qazilma konlari aniqlangan. Ulardan 100 ga yaqini mineral konlar bo‘lib, 60 dan ortiq kon ishlamoqda. Razvedka qilingan konlar 900 dan ortiqni tashkil qiladi va ularning aniqlangan zahirasi 970 AQSH dollariga baholangan.
    Har yili Respublikamizdan 5.5 mlrd dollarga yaqin foydali qazilma qazib olinmoqda va shulardan mos ravishda yangi zahiralarni qidirishga ham e’tibor qaratilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan butun dunyoda ham etakchi o‘rinni egallaydi.
    Foydali qazilmalarni kovlab olish yil sayin qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sababi konlardagi qazish ishlarini tobora chuqur yer ostida olib borishga to‘g‘ri kelishidir.
    Natijada qazish tannarxi ham qimmatlashib ketmoqda. Hozirgi paytda mavjud konlarning chuqurligi 200-500 m, ba’zilariniki esa 1000-1200 metrga etib bordi. O‘zbekiston Respublikasida konchilik sanoati Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o‘sishini ta’minlaydi.
    Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning etakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan er osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
    Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xo‘jaligiga yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xom-ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini etkazib beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bo‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda har yili er ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom ashyo qazib olinmoqda.
    Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3-5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos qolgan 95-97 % qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida etakchi o‘rinlarda turadi.
    Hozirgi vaqtda Respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda:
    Yoqilg‘i qazib chiqarish

    • (ko‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran);

    rangli metallurgiya

    • (oltin, kumush, mis, ruh, qo‘rg‘oshin, volfram va boshqalar);

    kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish

    • (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);

    tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish

    • (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar).

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‘prog‘i to‘la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to‘g‘ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo‘lib, kon massasi bo‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi.
    Shu bilan bir qatorda o‘rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan konchilik korxonalari ham Respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston “Ko‘mir” aksionerlik jamiyati, shuningdek, ko‘plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo‘la oladi.
    XX asr boshlarida konchilik sohasi jadal rivojlana boshladi. Dunyo miqyosida ushbu sohaga bo‘lgan ta’lab ortib borishi bilan bir qatorda o‘z davrining etuk mutahassislari etishib chiqdi. Bularga misol qilib professor B.I.Bokiy, akademik A.M.Terpigorov, akademik L.D.SHevyakov, A.A.Skochinskiy O‘rta Osiyo mintaqasidan esa M.N.Agashkov, A.S.Burchakov, V.V.Rjevskiy, O‘zbekistondan akademik V.R.Rahimov, professor B.R.Raimjonovlarni aytish mumkin. Ularning har biri yozib qoldirgan kitob va qo‘llanmalarida konchilik sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shadigan ma’lumotlar qoldirishgan.

    I.BOB. ANGREN KO‘MIR KONINI KON-GEOLOGIK, KON-TEXNIK TAVSIF



    Download 1.35 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin

    Download 1.35 Mb.