Respublikada pilla yetishtirish va ipakchilik sohasining holati




Download 25,73 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2024
Hajmi25,73 Kb.
#243203
  1   2   3
Bog'liq
Respublikada pilla yetishtirish va ipakchilik sohasining holati


Respublikada pilla yetishtirish va ipakchilik sohasining holati.
Yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, respublika ipakchilik tarmog‘i korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini hamda ipakchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek, ipakchilik tarmog‘ida ilmiy salohiyatni oshirish va tarmoq uchun malakali kadrlar tayyorlashda yirik ipakchilik korxonalari va zamonaviy laboratoriyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. “O‘zbekipaksanoat” hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmalari ishtirokchilarining tegishincha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, shu jumladan ularning mol-mulkini balans qiymatida bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “O‘zbekipaksanoat” va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmalarining:
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakultetini tashkil etish hamda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy ta’lim muassasalarining “Ipakchilik va tutchilik” va “Ipakchilik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini ushbu fakultetga o‘tkazish;
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy ta’lim muassasalarida qabul to‘xtatiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ta’lim olish muddatiga mos ravishda davom ettirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik fakultetini Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1-A uy manzilida joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tijorat banklari tomonidan ipak mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarga 3 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada (shu jumladan bank marjasi 1 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi) uzluksiz aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun revolver kreditlar ajratiladi.
7. Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga har yili yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming so‘m miqdorida respublika budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya bekor qilinsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra mazkur band bilan bekor qilinayotgan subsidiyaning moliyalashtirish manbalari doirasida 2023-yil 1-martdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir quti ipak qurti urug‘i uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Xitoy va Vyetnam davlatlaridan ipak qurtining elita va superelita urug‘ining O‘zbekistonga olib kelinishi hamda hukumatlararo komissiyalarga taklif kiritilishini ta’minlasin;
ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish va O‘zbekistonda joriy qilish uchun “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi guruhning xorijiy davlatlarga (Vyetnam, Italiya, Xitoy, Hindiston) doimiy ravishda yuborilishi yuzasidan choralar ko‘rsin;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga ipak sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarning tadbirkorlik birlashmalari (uyushmalari) bilan yaqin aloqalar va hamkorlik o‘rnatish yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatsin.
10. Ipakchilik sanoati korxonalarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini va pilla yetishtirish prognozlari bajarilishini ta’minlash hamda pilla mavsumlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun, shuningdek, hokimliklar tomonidan tarmoq korxonalariga doimiy amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlariga ipakchilik sanoati korxonalarini ilovaga muvofiq biriktirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
11. Bosh prokuratura “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
hududiy “Agrorilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga ijaraga berilgan tutzorlar joylashgan yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin;
tutzorlar joylashgan yer maydonlarining noqonuniy egallab olinishi holatlari yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlasin;
tutzorlar joylashgan va noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini hududiy “Agrorilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga qaytarish yuzasidan takliflar tayyorlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritsin.
12. Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun berilgan yer uchastkalari atroflariga ixota sifatida pilla xomashyosi yetishtirishda ozuqa sifatida foydalaniladigan tut daraxtlarini ekish majburiyatini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. 2023-yil 1-apreldan boshlab “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 360 kun etib belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va 2 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratish uchun “Dream Silk” MChJga 2021-yil 5-avgustda ajratilgan 15 mlrd so‘m foizsiz ssudani qaytarish muddatini 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirsin.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023-yil 1-martdan boshlab ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va bu boradagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf qilish maqsadida xom ipakni eksport qilish tartibini soddalashtirsin.

Download 25,73 Kb.
  1   2   3




Download 25,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikada pilla yetishtirish va ipakchilik sohasining holati

Download 25,73 Kb.