Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari




Download 341,14 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2024
Hajmi341,14 Kb.
#141941
1   2   3
Bog'liq
Rivojlanish2
powerpointstore.com 721, Reference-354191102279, Mustaqil ta\'lim haqida ma\'lumot, adsll, asdsdsddsll, Online transactions, 375503, ssssss, 121, 7, Fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish tashkiloti, Мутахассислик фанларини ущ1тиш, 1, 1682877059, 7-mavzu (Prezentatsiya)
Tabiiy muhit bu insonni hayot tarziga va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi (masalan, tropik muhit - uzoq shimol).
Oila muhiti. Xalqimizda "Qush uyasida ko’rganini qiladi" degan naql bekorga aytilmagan. Oilaning hayot tarzi undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola kamolotida ijtimoiy muhit ham muhimdir. Chunki ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga alohida ta'sir qiladi… Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta'siri turli tarixiy davrda turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga turlicha ta'sir etadi. Shuning uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo uning ta'siri ham rad etilmaydi.
4. Inson kamolotiga ta'sir etuvchi omillardan biri tarbiyadir. Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachi raxhbarligida muntazam amalga oshiriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Bola layoqatini rivojlantirish va
qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va ishchanlik esa maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiiklarni o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin (ko’rlar, karlar, gunglar). Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri ham yo’qotiladi. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o’ynaydi.
Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy konsepsiyasi inson kamolotiga ta'sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirish yagona va bir butun jarayon ekanligini ta'kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o’rin beriladi. U faolligi bilan o’z shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachi tomonidan qo’yilgan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun astoydil harakat qilinsa, kutilgan natijaga erishiladi.
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, bironbir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi.
Dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o’ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko’p sonli xossalarga
ega bo’lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o’zaro aloqa jarayonida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga.
Shunday qilib, har bir ob’ekt o’zga ob’ektlar bilan qonuniy bog’lanadi va bu ob’ektlar bilan o’zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o’zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar
diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo’lgan joyda aloqalar mavjud bo’lishi mumkinmi? O’z-o’zidan ravshanki, shakllangan,
bo’lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik»,
tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi. Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo’ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko’ra amalga oshiriladi.
Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo’lishi mumkin.
emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.
universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi. O’zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt
murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o’zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko’rsatadi. ]Ular bir-biri bilan o’zaro aloqaga kirishadi va bu o’zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.
Rivojlanish -tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obyektning tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekin-asta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyutsion rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iborat inqilobiy rvojlanish Evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday oʻtishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyutsion rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali boʻladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (qarang Taraqqiyot) bilan regressiv, tanazzul turi (qarang Inqiroz) farqlanadi.
Fаоliyat o’zi nimа? Fаоliyat shахs tоmоnidаn tаbiiy vа ijtimоiy hаyotni mаqsаdgа muvоfiq tаshkil etiluvchi kundаlik, ijtimоiy yoki kаsbiy hаrаkаtlаrning muаyyan shаkli, ko’rinishi. Insоnning qоbiliyati vа yoshi u tоmоnidаn tаshkil etilаyotgаn fаоliyat mоhiyatigа ko’rа bеlgilаnаdi.
Fаоliyat jаrаyonidа insоn shахsi, hаr tоmоnlаmа vа bir butun, yaхlit hоldа rivоjlаnаdi. Lеkin fаоliyatni mаqsаdgа muvоfiq аmаlgа оshirishi uchun uni to’g’ri tаshkil etish lоzim. Lеkin ko’p hоlаtlаrdа shахsning rivоjlаnishi uchun imkоniyatlаr yarаtilmаydi, tаrbiyalаnuvchilаrning ijtimоiy mеhnаt, bilish fаоliyatlаri chеklаngаn bo’lаdi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat.
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Insоnning ijtimоiy fаоlligi, qоbiliyati bаrchа muvаffаqiyatlаrining gаrоvidir. Chunki hаr bir insоn o’z mеhnаti, g’аyrаti, intilishi bilаnginа fаоllаshаdi. O’qituvchi qаnchаlik yaхshi o’qitmаsin yoki tаrbiya bеrmаsin, tаrbiyalаnuvchining o’zi hаrаkаt qilmаsа, rivоjlаnish muvаffаqiyatli kеchmаydi. Zеrо, bаrchа mа’nаviy-ахlоhiy kаmchiliklаrning аsоsiy sаbаbi hаm insоnning o’z fаоliyatini to’g’ri yo’lgа qo’ymаgаnligidаdir.Shuning uchun hаm insоn fаоliyati uning rivоjlаnishi nаtijаsi hаmdir. Dеmаk, shахs fаоlligi аsоsidа ijtimоiy fаоllik, tаshаbbuskоrlik, ijоdkоrlik хislаtlаrini shаkllаntirish – uning shахslik imkоniyatlаrini nаmоyon etishi оrqаli fаоliyatini rivоjlаntirish muhim sаnаlаdi
Falsafa kategoriyalari
Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substantsiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:
1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi;
2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli;
3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha;
4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishi bo’lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin.
Zaruriyat va tasodif.
Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Qonunning ko‘rib chiqilgan belgilari unga mantiqiy ta’rif berish imkonini beradi. Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi obyektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy aloqasi.
Shuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish chog‘ida qiymat qonuni yoki ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining muayyan darajasiga ishlab chiqarish kuchlarining muvofiqligi qonunining aniq ko‘rinishlari haqida ham, obyektiv qonuniyat sifatidagi jamiyatning faol rivojlanishi haqida ham gapirish mumkin.
Qonunlar har xil bo‘ladi. Xususan, asosiy va ikkinchi darajali, dinamik va statik qonunlar, tabiat va jamiyat qonunlari, maxsus va umumiy qonunlar farqlanadi. Borliq qonunlari haqidagi ta’limot sifatidagi dialektikani umumiy (universal) qonunlar qiziqtiradi, chunki ular, birinchidan, faoliyatning barcha sohalariga xos, ya’ni tabiat, jamiyat va bilishda amal qiladi; ikkinchidan, harakat va rivojlanishning teran asoslarini yoritib beradi, aniqroq aytganda, rivojlanish nima uchun, qay tarzda, qaysi yo‘nalishda yuz beradi, degan muhim savollarga izchil javob beradi.
Dialektika borliqning umumiy qonunlari haqidagi ta’limot sifatida obyektiv dunyo tinimsiz harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘lishidan kelib chiqadi. Dialektikaning bu qoidasi uning ikkinchi tamoyili – rivojlanish tamoyilida qayd etiladi. Ammo rivojlanishni ko‘rish va uning mavjudligini tan olishning o‘zi kifoya qilmaydi. «Rivojlanish» tushunchasining mohiyat va mazmuni haqida aniq tasavvur hosil qilish talab etiladi.
Rivojlanish nima? Bu tushuncha falsafada qanday talqin qilinadi?
«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma’lum tushunchalar – «o‘zgarish» va «harakat» bilan o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan ta’rif berish mumkin. O‘zgarish – bu narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi. U «barqarorlik»ka zid va aniq yo‘nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. Progress yoki taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan murakkabga o‘tish. Bunga teskari yo‘nalishda yuz beruvchi jarayon regress deb ataladi.
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash mumkin: 1) vaqtda aniq yo‘nalishga egalik – o‘tmishdan hozirgi davr orqali kelajakka qaratilganlik; 2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya’ni o‘zgaruvchi real narsalar, hodisalar o‘z individual jihatlarida betakrordir; 3) rivojlanish jarayonida yangi, ya’ni ilgari mavjud bo‘lmagan narsaning paydo bo‘lishi; 4) rivojlanishning qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‘ysunishi.
Rivojlanishning dialektik konsepsiyasi quyidagi jihatlarga alohida e’tiborni qaratadi: Birinchidan, rivojlanishning manbayi narsalar, hodisalar va jarayonlarning ichki ziddiyatlaridir. Bu borliqning barcha hodisalariga ichki qarama-qarshiliklar xos ekanligini anglatadi. Bu qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyatlar deb ataladi. Har bir predmet, hodisa, jarayon doirasida qarama-qarshiliklarning birligi va qarshi harakati kuzatiladi. U hamma joyda: jonsiz tabiatda ham, jonli tabiatda ham, ijtimoiy hayotda ham, ong sohasida ham yuz beradi. Chunki borliqning umumiy qonuni – dialektik ziddiyatlilik qonuni amal qiladi. Ikkinchidan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi rivojlanishning shakli hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurda yuz beruvchi jarayonlar tahlili har bir narsa, hodisa, jarayonga bir-biri bilan uzviy aloqa qiluvchi va muttasil o‘zgaruvchi miqdor va sifat jihatlari xosdir, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin yig‘ilib, predmetning me’yorini oshiradi va uning sifat holati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu sakrash, rivojlanish jarayonida hujumkorlikni to‘xtatish tarzida yuz beradi. Bu yerda borliqning umumiy qonuni – miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni amal qiladi. Uchinchidan, rivojlanish jarayonida vorisiylik omili muqarrar tarzda mavjud bo‘ladi. Buning natijasida rivojlanish oldingi darajalarining boyligi muttasil to‘planishi unga hujumkor tus beradi. Shunga qaramay ayni shu hujumkorlik ziddiyatlidir, chunki rivojlanish sikllilik bosqichlarini o‘z ichiga oladi, «go‘yoki» eskiga qaytish yuz beradi va rivojlanish spiralsimon ko‘rinish kasb etadi. Bunda borliqning umumiy qonuni – inkorni-inkor namoyon bo‘ladi.
Rivojlanishning umumiy qonunlari. Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyatsiya – dissimilyatsiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Shunday qilib, qarama-qarshilikliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Qarama-qarshiliklarning birligi bilan tavsiflanadigan va ayni vaqtda ularning o‘rtasidagi muttasil kurash hisoblanadigan munosabat ziddiyat deb ataladi. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbayi, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. Shu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning yechilishi).
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni yechish mexanizmidir. Quyidagi faktlar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. Yana bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi.
Hozirgi zamon fanida rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochiziqli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi (yana qarang Miqdor oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni, Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, Inkorni inkor qonuni).
Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari o'zgaruvchan va kompleksdir, chunki har bir mamlakat o'zining unikal sharoitlariga, ijtimoiy tizimiga, va iqtisodiy strukturiga ega. Bundan tashqari, global dunyo sharoitlari ham bu qonunlarni ta'sir etadi. Ammo, umumiy ravishda rivojlanishni ko'rsatish uchun quyidagi kategoriyalar alohida ahamiyatga ega:
Siyosiy Rivojlanish:
Demokratiya va Huquqiy Davlat: Ommaviy boshqaruv, adolat, insiyosiy adalet va fuqarolar huquqlarini ta'minlash.
Politik Tashabbuslar: Siyosiy partiyalar, siyosiy murojaat va fuqarolar interesi uchun tashabbuslar.
Iqtisodiy Sistema: Kapitalistik, sotsialistik, yoki mezon iqtisodiy tizimlar.
va Tijorat: Moliyaviy resurslarni jalb etish, tijorat munosabatlari, va investitsiyalar.
Ta'lim va Madaniyat: Ta'lim tizimi, ma'naviyat, va madaniyatning rivojlanishi.
Adolat va Inson Huquqlari: Barcha fuqarolarning adolatli ko'rish va huquqlarini himoya qilish.
Ekologik Rivojlanish:
Tabiiy Resurslar va Ekologiya: Tabiiy yaxlitlar, su, havo, va yer resurslarini boshqarish.
Ekologik muammolar: Ekologik ravishda sodda va o'g'ri muammolarga hal qilish.
Texnologiyalar va Innovatsiyalar: Yangi texnologiyalar, innovatsiyalar, va o'z-o'zini tiklash jarayonlari.
Kiber Xavfsizlik va Ma'lumotlar Himoyasi: Texnologik sohalarda xavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish.
Infrastruktura va Transport: Mamlakatning transport tarmoqlari, kommunikatsiyalar va infrastrukturasini rivojlantirish.
Korporativ Boshqaruv: Korporativ sektor, investitsiyalar, va boshqa iqtisodiy faoliyatlar.

Xulosa
Umumiy qonunlar har bir mamlakatning shartnomaviy rivojlanishini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, ularni mustaqil ravishda tuzish, o'z mamlakatning alohida zaruratlari va xususiyatlari hisobida bajarish juda muhimdir. Bu qonunlar, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida inson huquqlarini himoya etish va adolatni ta'minlash uchun katta rol o'ynaydi.


Bu kategoriyalar ko'pincha mamlakatlarning rivojlanish yo'nalishlarini aks ettiradi. Rivojlanishning umumiy qonunlari, barcha sohalar uchun o'zaro bog'liqli va integratsiyalangan qonuniy muhitni tuzish bilan birgalikda, har bir fuqaro uchun adolatli, barqaror va imkoniyatlarni rivojlantirishga yo'l qo'ymoqda.



Download 341,14 Kb.
1   2   3




Download 341,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari

Download 341,14 Kb.