|
Rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 4/8 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #99323 |
Bog'liq 714-21Xeshlash – bu ma’lum bir turdagi va ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotlari massivini fiksirlangan uzunlikdagi chiquvchi bitlar qatoriga (butun son) aylantirish. Bunday akslantirish (aylantirish) xesh-funksiya deb ham ataladi. Xesh-funksiya – bu kirish ma’lumotlarini sonlarga aylantiruvchi funksiya bo‘lib, bir xil ma’lumotlar to‘plami hamma vaqt bir xil natija beradi. Xesh-jadval – bu elementlari “kalit-qiymat” juftliklari bo‘lgan assotsiativ massiv shaklidagi ma’lumotlar tuzilmasi.
Xeshlash assotsiativ massivlarni tashkil qilish uchun qo‘llaniladi, bunda indekslari sonlar emas, balki ixtiyoriy qiymatlar bo‘ladi. Xeshlashdan odatda matnlardan nusxalarning takrorlanishini qidirishda, ya’ni xesh-funksiyalarining bir xil qiymatiga ega bo‘laklarni qidirishda foydalaniladi. Bundan tashqari, xeshlash ko‘pincha parollarni saqlash uchun ishlatiladi; shu bilan birgalikda noyob identifikatorlarni yaratish uchun, masalan, agar fayl o‘ziga xos nomni talab qilsa, siz ushbu faylni xeshlash natijasini hisoblab chiqishingiz va natijani faylga nom sifatida ishlatishingiz mumkin. Shuningdek, bu matnlarning nazorat summasini hisoblash uchun juda muhimdir. Aytaylik, foydalanuvchi tarmoq orqali bir nechta matn yuborishi kerak. Tekshirish summasi matn bilan birga uzatiladi, olinganidan keyin asl nusxasi bilan tekshiriladi. Agar summasi mos kelmasa, demak matnni uzatishda qandaydir xatolik bo‘lganligi haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Xesh-jadval – assotsiativ massivni tatbiq etish uchun qo‘llaniladigan interfeys hisoblanadi. Unda kalitlar va xeshlangan kalitlardan tashkil topgan juftliklar saqlanadi. Xesh-jadval unga yangi juftlik qo‘shish, kaliti bo‘yicha juftliklarni qidirish va o‘chirish imkonini beradi. Xesh-jadval xesh-funksiya tomonidan ma’lum bir tartibda shakllanadi.Xesh-jadvallari ko‘pincha ma’lumotlar bazalarida, ayniqsa, kompilyatorlar va assemblerlar kabi til protsessorlarida qo‘llaniladi, bu yerda ular identifikatorlar jadvalini qayta ishlash tezligini oshiradi.
|
| |