• Foydalanuvchining muloqat vositalari
  • Ma’lumotlarni kirtish
  • Tashqi qurilmalar-printerlar, skanerlar so’nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan turlari




    Download 399,83 Kb.
    bet11/26
    Sana25.11.2023
    Hajmi399,83 Kb.
    #105370
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
    Bog'liq
    Kompyuter arxitekturasi MI 2 kis21 05 guruh Yorquljonov sherbek

    2.Tashqi qurilmalar-printerlar, skanerlar so’nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan turlari.
    Reja:

    1. Tashqi qurilmalar.

    2. Tashqi qurilmalar vazifasi.

    3. Ularning tarixi.

    4. Hulosa

    Shaxsiy Kompyuter (SHK)ning tashqi qurilmalari — har qanday hisoblash kompleksining muhim tarkibiy qismidir, shuni aytish etarliki, tashqi qurilmalar, butun SHK narxining 80 — 85 % ini tashkil еtadi.

    SHK ning tashqi qurilmalari, mashinani tashqi muxit: foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa ЕHMlar bilan o’zaro ishini ta’minlaydi.
    Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
    Tashqi еslab qolish qurilmalari (TЕQQ) yoki SHK ning tashqi xotirasi;
    foydalanuvchining muloqat vositalari;
    • ma’lumotlarni kiritish qurilmalari;
    • ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari;

    aloqa va telekommunikatsiya vositalari.


    Foydalanuvchining muloqat vositalari o’z tarkibiga videoterminallarni va ma’lumotni nutqli kiritish-chiqarish qurilmalarini oladi.

    Videomonitor (displey) — SHK ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan ma’lumotlarni aks еttirish qurilmasidir.

    Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga kiradi.

    Nutqli kiritish qurilmasi — bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, "tovushli sichqonlar", masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va so’zlarni anglay oladigan, ularni identifikaciya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli ta’minot.
    Nutqli chiqarish qurilmasi — bu kompyuterga ulangan baland gapiruvchilar (dinamiklar) yoki tovushli kolonkalar orqali ishlab chiqariladigan, raqamli kodlarni harf va so’zlarga o’zgartirishni bajaradigan turli xil tovush sintezatorlari.

    Ma’lumotlarni kirtish qurilmalariga quyidagilar kiradi:

    klaviatura — SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qo’lda kiritish uchun qurilma;
    grafik planshetlar (digitayzerlar) — planshet bo’yicha maxsus ko’rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo’li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo’lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu ma’lumotlar SHKga kiritiladi;
    skanerlar (o’quvchi avtomatlar) — mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog’ozdagi tashuvchilardan avtomatik o’qish va SHK ga kiritish uchun;
    ko’rsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) — grafik axborotni displey еkraniga kiritish uchun kursor harakatini еkran bo’yicha boshqarish yo’li bilan va keyinchalik kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik — richag, "sichqoncha", trekbol — gardishdagi shar, yorug’lik perosi va b.);
    Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
    printerlar — ma’lumotni qog’ozli tashuvchida qayd еtish uchun yozuvchi qurilma;
    grafik ko’ruvchilar (plotterlar) — grafik ma’lumotni (grafiklar, chizmalar, rasmlar) SHK dan qog’ozdagi tashuvchiga chiqarish uchun.
    Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari priborlar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar va sh.o’.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa kanallariga, boshqa ЕHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata, "ulanishlar", qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi.
    Multimedia (multimedia — ko’p vositalilik) vositasi — bu apparat va dastur vositalari to’plani bo’lib, u odamga kompyuter bilan o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli xil muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va b. ishlatib, muloqot qilishni ta’minlaydi.
    Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi:


    • ma’lumotlarni nutqli kiritish va chiqarish qurilmalari;



    • kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli mikrofonlar va videokameralar, akustik va videotasvirga oluvchi tizimlar;



    • tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan oluvchi va uni SHK ga kirituvchi tovushli va videoplatalar, video ushlab oluvchi platalar; hozirdayoq keng tarqolgan skanerlar (chunki ular kompyuterga yozilgan matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi);



    • va nixoyat, ko’pincha tovushli va videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan, optik diskdagi katta sig’imli tashqi еslab qolish qurilmalari.




    Download 399,83 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




    Download 399,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi qurilmalar-printerlar, skanerlar so’nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan turlari

    Download 399,83 Kb.