|
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturasi (SISD)
|
bet | 25/26 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 399,83 Kb. | | #105370 |
Bog'liq Kompyuter arxitekturasi MI 2 kis21 05 guruh Yorquljonov sherbekBuyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturasi (SISD).
Bu sinfga, ‘atribut-qiymat’ juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor bo’lgan, an’anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar tegishlidir.
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturasi (SIMD).
Bu sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy) nazoratchining mavjudligi hisoblanadi. Nazoratchi, protsessor elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish mumkin:
– vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo’llaniluvchi matritsali protsessorlar;
– sonli bo’lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan
ma’lumotlarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish mumkin bo’lgan
xotiralarni qo’llovchi assosiativ protsessorlar;
– sonli va sonli bo’lmagan ishlov berish uchun qo’llaniluvchi protsessor ansambllari;
– vektorli va konveyerli protsessorlar.
Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari
(MISD).
Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin. Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari (MIMD). Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko’p mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari.
Ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha
taqsimlash mumkin:
Ma’lumotlarni yaratish – ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash – yangilarini kiritish va
keraksizlarini yo’qotish yo’li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet
sohasidagi o’zgarishlarni tasvirlash bilan bog’liq bo’lgan axborotlardir.
Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik – axborot modelida predmet
sohasining holatini tasvirlash uchun yo’naltirilgan va axborotning
xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan
himoyalanishni ta‟minlaydi.
Kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborotni qidirish, turli so’rovlarga javob berishda mustaqil harakat va axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi
Asosiy adabiyotlar:
1. Andreew S. Tanenbaum. Structured computer organization. Sixth edition. 2012.
– 801 p.
2. Tanenbaum E. Arxitektura kompyutera. 6-e izd. SPb.: Piter. 2013. – 816 s.
3. Tanenbaum E. Arxitektura kompyutera. 5-e izd. SPb.: Piter. 2011. – 844 s.
4. Broydo V.L. Arxitektura EVM i sistem. Uchebnik dlya vuzov. SPb. 2011.- 720 s
5. Badenko V.L. Vыsokoproizvoditelьnыe vыchisleniya. Uchebnoe posobie. SPb.
2011. – 180 s.
|
| |