• FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu
  • Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillari: biologik omil; sosial (ijtimoiy) omil;
  • Rivojlanishda shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarining roli.
  • Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg




    Download 23,51 Kb.
    Sana15.12.2023
    Hajmi23,51 Kb.
    #119172
    Bog'liq
    t p 3


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

    620-21 GURUH TALABASI ASHURALIYEV SHERDILNING


    “Ta'lim psixologiyasi”


    FANIDAN BAJARGAN


    MUSTAQIL ISHI


    Mavzu: Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

    FARG’ONA 2023

    Mavzu: Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

    Reja:



    1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.

    2. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillari:

      1. biologik omil;

      2. sosial (ijtimoiy) omil;

    3. Rivojlanishda shaxs faoliyatining roli.

    4. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi.

    5. Rivojlanishda shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarining roli.

    Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muhim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro‘` bga chiqadi.


    Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    Rivojlanish - deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va sosial xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta'sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta'lim va tarbiya hamda faoliyatining ta'siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo haqt sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs haqt davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
    Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur.
    Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta'sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
    Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi.
    Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘ligi biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya'ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e'tibor bermoqda. har bir bola insonlarga xos tug‘ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanishi, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
    Sog‘lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e'tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Prezidentimiz fikrlarini davom ettirar ekanlar: ”...hech shubha yo‘q, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarmizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog‘ligiga juda katta e'tibor berganini ko‘ramiz. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, onaning sog‘ligiga bog‘liq“, deb ta'kidlaydi yurtboshimiz. Xudo taolo yaratgan tabiatning buyuk mo‘'jizasi bo‘lmish aql dilbandini to‘qqiz oy o‘z bag‘rida, yurak ostida avaylab dunyoga keltiradi. Uni voyaga yetkazish uchun o‘zini ayamasdan, butun hayotini baxshida etadi.
    Ana shu jarayonda aql neki yaxshilik yoki yomonlik ko‘rsa, ona vujudi orqali homilaga o‘tadi. Sog‘lig‘i nochor, xo‘rlangan, iztirob chekkan onadan sog‘lom farzand tug‘ilmaydi. Sog‘lom bolaning dunyoga kelishida otaning ham qoni toza, tani va ruhi sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom farzand faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. Oilaning sog‘lomligini, undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi.
    O‘z – o‘zini ravshanki, yukorida zikr etilganidek, bola tarbiyasida soglom nasl masalasi xam muxim rol' o‘ynashini inkor etib bo‘lmaydi. Akli raso xar kaysi inson yaxshi anglaydiki, bu yorug‘ dunyoda xayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaxo ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod xamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
    Shaxsan menga “nasl ”va “nasab” degan so‘zlar o‘rtasida kandaydir iloxiy bog‘liklik bordek tuyuladi. Albatta, xar bir bandaga rizk-nasibani Ollox taolo beradi. Lekin bu xayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi uchun insonning o‘zi xam chin dildan intilishi, zurriyodini soglom muxitda tarbiyalash katta axamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur.
    Muhit – bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya'ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol' o‘ynaydi.
    Mustaqil O‘zbekistonimizda ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayqrlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilaqtgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro‘qbga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to‘g‘ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi.
    Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola haqtida o‘yin, o‘quvchi haqtida o‘qish, kattalar haqtida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
    Kishi tug‘ilgan kunidan boshlab sosial mavjudot bo‘lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig‘indisi ya'ni tevarak-atrofdagi odamlarning unga munosabati, namuna ko‘rsatishlari, mafkuralari, o‘z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta'sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta'sir ko‘rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko‘rsatishini bilishi lozim.
    Shaxs to‘g‘risida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik o‘z mehnati tufayli inson psixikasi takomillashib xayvonlar psixikasidan tobora o‘zqlashmoqda , va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda bo‘lishligi, odamldar bilan birgalikdagi faoliyati, ular bilan turli munosabatlarga kirishishi, uning dunyoqarashini shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning faol a'zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir.
    Shaxs tushunchasiga ta'rif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bulib yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali to‘liq yoki bo‘lmasa mutlaqo hali shakllanmagan tomonlarini, ya'ni sifat va xususiyatlarini nazardatutishimiz mumkin. Ya'ni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi bilan yuritiladi. “Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir.
    Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy tarzxdagi ta'rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. Bunday fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o‘xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a'zosi sifatida, tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan real kishi emas, balki demografik ma'lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi. Xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi, shaxs bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatla sistemasiga jalb etiladi.

    Download 23,51 Kb.




    Download 23,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg

    Download 23,51 Kb.