Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




Download 88,82 Kb.
bet3/4
Sana15.05.2024
Hajmi88,82 Kb.
#234765
1   2   3   4
Bog'liq
pedagogika 3-mustaqil ish — копия

Shaxs psixodiagnostikasi.
Asosiy metodlardan biri bo`lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma‘lumot olinadi Ta‘lim maskanlari psixodiagnostikasi shaxsni ta‘- lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste‘dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi, shaxs psixodiagnostikasi, kasbiy psixodiagnostika, professiogramma (professiografiya) tarixi: kelib chiqish sabablari, imkoniyatlari, takomillashishi, sohaning kasb egasiga psixologik talablari va kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarning ahamiyati, psixologiya fani haqida tushuncha, psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari, psixik hodisalarning asosiy shakllariga oid ko`nikmalarni shakllantirish.
Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o`ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V. Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo`naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini yechish tushuniladi. Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini xal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari ko`rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis (prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir. Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya moxiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. Chunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, uning muvaffaqiyati o`lchovi mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi. Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yo`naltirilgan va tashkiliy jarayon xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo`ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan .
Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. Shaxsning jismoniy, aqliy, ma’naviy kamol topish jarayoni. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon boiib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, tanosil a’zolarining, nerv funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishiga aytiladi. Bolaning jismoniy rivojlanishida uning bo‘yi o‘sadi, vazni va muskul kuchi ortadi, sezgi organlari mukammallashadi, harakatlami to‘g‘ri boshqara oladi. Bolaning ruhiy rivojlanishida shaxsidagi psixik sifat va belgilar shakllanadi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida tevarak-atrofga boigan munosabatida, ayniqsa, jamoa ishlarida qatnashishida namoyon boiadi. Shaxs rivojlanishida biologik omillar, ijtimoiy omillar, taiim va tarbiya, bola shaxsining faolligi (faoliyat) va boshqalar muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘zbek olimlari E. G'oziyev, M.G. Davletshin, A. Munawarov, V. Karimova, R. Jo'rayev, J. Hasanboyevlar; xorij olimlari D.B. Elkonin, A.V. Petrovskiy, V. Davidov, L.S. Vigotskiy, Dj. Dyui, G.Gard пег, J. Piajelarning rivojlanishda shaxs faoliyatining ahamiyati to'grisidagi qarashlari salmoqli ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy faoliyati to'grisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida chuqur flkr bildirilgan. Ajdodlarimizning komil inson haqidagi axloqiy talablar majmuasi sharqona axloq kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog'lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo'lgan munosabati ham, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetukligi ham turlichadir. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamolga etishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga egadir.Shunday qilib, ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi ham insoniyijtimoiy muhitda yashashga bog‘liqligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi (1920-yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo‘ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi)1. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, asab tipini, asosiy shartsiz reflekslami meros qilib oladilar. Odam shaxsi va xulqining rivojlanishida biologik omillaming rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'Iab o‘rganuvchi bixeviorizm, pragmatizm, biogenetik oqimlar bo‘lib, ulaming ayrim vakillari odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi desa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, deydi. Ba’zilari esa bolaning axloqiy jihatdan o‘sishini ham irsiyatga bog’laydi. Biologik omilning inson shakllanishidagi o‘mi muhim va o'ziga xos, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy meqnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug’ma o’tishi mumkin, lekin bu tug‘ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma’lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o‘mi muhim bo'lib, Alisher Navoiy-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim rol o'ynagan. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatiga ham shaxs shakllanishida muhitning o'mi muhimligini ko'rsatadi (10-rasm). Ta’lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi rolni o'ynaydi, ta’lim-tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan o'qish, yozish, mehnat, malaka va ko'nikmalar egal lanishi, hatto tug'ma kamchiliklar ham ma’lum tomonga o'zgartirilishi (kar, ko‘r, soqovlarni o'qitish), muhit* ta’sirida yuzaga kelgan salbiy kamchiliklami ham tugatish mumkin Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o‘rni beqiyos. Buyuk insonlar o‘z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak cho'qqilarga, ko‘p narsalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste’- dodni r o ‘y o b g a chiqarish uchun ham o‘z ustida ishlashi zarurdir. «Inson faolligi «Harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»1. Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi (12-rasm). Demak, o‘quvchi faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya’ni faoliyat-o‘quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Bu - o‘quvchining darslarda real predmetlar mohiyatini o‘z tasawuri doirasida, muayyan yechim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan, faoliyatdir. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqIashning, hech bo'lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va o'rta maxsus o'quv maskanlari o'qituvchilari ko'pincha o'quvchi-yoshlaming aqliy qobiliyatlarini o'rganishga e’tibor qaratadilar, ammo ulaming tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’noda) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O'quvchilar va talabalaming aqliy rivojlanishlari ko'p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Ulaming tarbiyalan ganlik darajasini diagnostika qilish, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish xususiyatlarini o'rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir.

Download 88,82 Kb.
1   2   3   4




Download 88,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

Download 88,82 Kb.