• 3-BOSQICH DI 11-21 -GURUH TALABASINING
  • Qabul qildi
  • Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar.
  • Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 88,82 Kb.
    bet1/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi88,82 Kb.
    #234765
      1   2   3   4
    Bog'liq
    pedagogika 3-mustaqil ish — копия


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI


    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    3-BOSQICH DI 11-21-GURUH TALABASINING
    PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA
    FANIDAN TAYYORLAGAN


    3-MUSTAQIL ISHI




    Bajardi: Abraxmatov O.
    Qabul qildi: Ergashev X.



    QARSHI-2024


    Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar. Iroda ong xarakteristikasi sifatida. Shaxs psixodiagnostikasi. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Yoshlar muxiti va submadaniyat. Deviant hulq. Oila tarbiyasi.Oilaviy nizolarning kelib chiqishi va echimlari.
    Reja:
    1 Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar.
    2 Iroda ong xarakteristikasi sifatida.
    3 Shaxs psixodiagnostikasi.
    Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar.
    Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining tarkibiy to`zilishi, asosiy tarmoqlari, maqsad va vazifalariga oid nazariy bilim berish, boshqa fanlar bilan aloqadorligi faoliyat ko`nikmalarini shakllantirish, talabalarga kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarning ahamiyati, kasbiy psixologiya fani haqida tushuncha, kasbiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari, psixik hodisalarning asosiy shakllari, kasbiy psixologiya bo'limiga kirish, kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va ahamiyati, kasb psixologiyasining ijtimoiy hayotda tutgan o‘mi, kuzatish metodlari. test metodlari, kasbning psixologik mohiyatini ochishda fanlar integratsiyasiga asoslanuvchi kompleks (majmuaviy) metodlariga oid ko`nikmalarni shakllantirish.
    - ta‘limiy maqsad: talabalarga kasbiy faoliyat psixologiyasi fani va uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o`zlashtirish orqali kasbiy kompetentligini oshirish; - tarbiyaviy maqsad: talabalarda fanning o`ziga xos xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni shakllantirish, o`rganiladigan o`quv materiallari bo`yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish; - rivojlantiruvchi maqsad: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
    Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma‘naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli yaratuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. Xo‘sh, psixika nima? Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xattiharakatlarni boshqarishdir1 . Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‘tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat) da kuzatiladi. Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining hilma-hil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‘limot degan ma‘noni anglatadi.
    Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o`ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V. Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo`naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini yechish tushuniladi. Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini xal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari ko`rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis (prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir. Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya moxiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. Chunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, uning muvaffaqiyati o`lchovi mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi. Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yonaltirilgan va tashkiliy jarayon xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan boladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar to`plash; b) olingan ma‘lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; c) amaliy va nazariy masalalarni yechish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar. Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar (axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin: 1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi. 2. Kasbiy faoliyat to`g`risida ma‘lumotlar to`plashning asosiy metodlaridan biri bo`lib suxbat - intervyu xisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi. 3. Ba‘zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabxalari) ni qayd qiluvchi kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi. 4. Kasb - hunar to`g`risidagi ma‘lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va xar hil shakllarda mutaxassislar xukmiga xavola qilinadi. Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo`lib, xarakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi. Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o`rganish uchun unga ko`p yoqlama yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabxalarini xisobga olish bilan kasbiy faoliyat moxiyatini tavsiflab bo`lmaydi, modomiki shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy jixatlar bilan bog`liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim. Kasbiy faoliyatning taxlili uning muvaffaqiyatini baholashga xizmat qiluvchi mezonlarni aniqlashga imkon beradi. Bu narsa testlarning barqarorligi va validligini tekshirish uchun mutlaqo zarur. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maqsadga erishuvini tavsiflovchi xar hil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o`quvchanlik, mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko`rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo`shgan xissasi qo`llanilinadi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi: 1) samaradorlikning to`g`ridan to`g`ri ko`rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog`i; 2) kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar; 3) kasbiy layoqatni ifodalovchi ma‘muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar mukofotlash, xizmat lavozimida ko`tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stenda joylashtirish; 4) kadrlar ko`nimsizligi; 5) noxush xolatlar (kechinmalar) va shikastlar (xaloqatlar); 6) faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o`zini o`zi baholash kabilar. Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma‘lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevantlikligi (adekvatliligi, validliligi) deganda samaradorlik ko`rsatkichi sifatida muxim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonidan aks ettirish lozimligi, ya‘ni mezonlar to`laqonligidir. Ular mutaxassislarning kasbiy layoqatining yuksakligi va qo`yiligi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz (mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya‘ni amaliy jixatdan qulayligi muxim o`rin egallaydi va u o`zining soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Kasbiy layoqatni (yaroqlilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo`llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar). Ko`pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy xujjatlarda o`z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan kasbiy layoqatni o`rganishda baxtsiz xodisalar (xaydovchi, uchuvchi, mashinist, operator va boshqa kasb egalarida) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi. Kasbiy layoqatni aniqlashda o`quvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zexnlilik) foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o`ynaydi. Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, maxoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o`lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (kuch) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo`llaniladi. Shkalaning sodda ko`rinishi ball bilan baholashga mo`ljallangan. Shkalani baholash o`ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi. Ba‘zi xollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko`rinish va xokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo`llanilib kelinayotgan "galo - effekt" metodikasiga bunga yaqqol musoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog`liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning hilma-hil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo`qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko`rinishlari namoyon bo`ladi.

    Download 88,82 Kb.
      1   2   3   4




    Download 88,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 88,82 Kb.