• 1. Ko‘p kanalli boshqaruv tizimlari.
  • 3. Intellektual boshqaruv tizimlari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Rnatilgan tizimlar mustaqil ish




    Download 398.8 Kb.
    Sana19.04.2024
    Hajmi398.8 Kb.
    #201510
    Bog'liq
    O\'RNATILGAN 1
    Kurs ishi ko\'rsatma

    O’RNATILGAN TIZIMLAR
    MUSTAQIL ISH
    MAVZU: O`rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish obyekti bilan ulash vositalari . Mikrokontrollerni umumiy tarkibi va vazifasi


    BAJARDI: Ermatova Mashxura

    Toshkent 2024




    Reja :

    1. O‘rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari,

    2. Boshqaruv tizimlari tashkillashtirish usullari

    3. Mikrokontrollerni umumiy tarkibi va vazifasi

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Zamonaviy boshqaruv tizimlari murakkab tuzilishga ega va ko‘plab tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ularning tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda turli guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Boshqaruv tizimining har bir elementi alohida biri tizimni tashkil qiladi va barcha elementlari murakkab boshqaruv tizimini namoyon etadi. Shu sababli, dastlab tizimga to‘xtalamiz.


    Tizim – bu ko‘plab elementlar va qurilmalardan tashkil topgan, maʼlum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan yaxlit kompleks hisoblanadi.
    Boshqaruv tizimi – bu biror bir obyektni boshqarish va uning ichki holatlarini nazorat qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma yoki qurilmalar to‘plami hisoblanadi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari kommunikatsion texnologiyalar bazasida ishlab chiqiladi va masofaviy boshqaruv tizimlari deyiladi. Zamonaviy boshqaruv tizimlarining asosini o‘rnatilgan tizimlar, mikrokontroller tizimlari, mikroprotsessor tizimlari va zamonaviy avtomatlashtirilgan kommunikatsion tizimlar tashkil qiladi.
    Boshqaruv tizimlarining umumlashgan tuzilishi sxemasi quyidagicha :

    Ko‘plab adabiyotlarda boshqaruv tizimlari quyidagicha sinflanadi:


    1. Ko‘p kanalli boshqaruv tizimlari. Vazifasi obyektlarni boshqarish, nazorat qilish uchun bir vaqtda ikki tomonlama aloqa kanallarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
    2. Adaptiv/moslashuvchan boshqaruv tizimlari – ushbu boshqaruv tizimlarida obyektni ishlatish vaqtida unga tashqi taʼsirlar taʼsir qilganda obyekt holatining o‘zgarishi yuz bersa, ushbu o‘zgarishlarga moslashuvchan boshqaruv usullari qo‘llaniladi.
    3. Intellektual boshqaruv tizimlari – obyektda bo‘ladigan holatlarini e’htimoliy hisobga olgan holda mantiqiy hisob – kitoblarni amalga oshirgan holda, intellektual hisoblash tizimlaridan foydalangan holda boshqarishni amalga oshiradi.
    Boshqaruv tizimlari tashkillashtirish usullari bo‘yicha quyidagi ikki turga bo‘linadi:
    1. Teskari aloqali boshqaruv tizimlari;
    2. Teskari aloqasiz boshqaruv tizimlari.
    O‘rnatilgan tizimlarining boshqaruv tizimlarida qo‘llashning asosiy afzalliklari:
    – Ko‘p funksiyalilik – MP boshqaruv komandalari soniga bog‘liq ravishda, dasturlanuvchi xotiraning hajmiga bog‘liq ravishda va aloqa interfeyslarining turlariga bog‘liq ravishda bir vaqtda ko‘plab boshqaruv funksiyalarini bajarish mumkin;
    – Moslashuvchanlik – obyektda sodir bo‘ladigan holatlarga oson moslashishi mumkin;
    – Kompaktlilik – har qanday boshqariluvchi obyektga oson o‘rnatilishi mumkin;
    – Yuqori samaradorlilik – bir vaqtda bir necha boshqaruv funksiyalarini yuqori tezlikda samarali bajarishi mumkin;
    – Dasturiy boshqaruvchanlik – MP tizimlari dasturiy boshqariluvchan va qayta dasturlanuvchanlikni taʼminlaydi;
    – Boshqaruv axborotlarining himoyalanganligi.
    Mikrokontoller (MK) – bitta kristalda joylashtirilgan katta integral sxema
    bo‘lib, u protsessor yadrosidan, dasturlarni saqlash uchun doimiy hotiradan axborotlarni saqlash uchun operativ hotiradan va turli kiritish-chiqarish qurilma to‘plamidan iborat bo‘lgan hisoblash tizimini tashkil etadi.

    MK protsessori uning hisoblash yadrosi hisoblanadi va unga yozilgan dastur bergan boshqarish jarayonini amalga oshiradi. Mikrokontroller yadrosi asosida hotira va tashqi qurilma modullari turli sonli va to‘plamli maxsulotlar yaratiladi, lekini ular o‘z aro buyruqlar tizimi bo‘yicha mosdir. Bu belgilari bo‘yicha mos bo‘lgan mikrokontrollerlarning ko‘pchiligini mikrokontrollerlar oilasi degan nom bilan yuritailadi.



    Axboratlar va buyruqlarning umumiy shinali arxitekturasi

    Mikrokontrollerning har bir tashqi qurilmasi o‘z vazifasini bajarishda ish


    tartibini dasturiy - ega bo‘lish orqali tarkibini o‘zgartirish registriga boshqarish kodlarni yozish orqali sozlash imkoniyatiga ega. Sozlash qurilma ish tartibini tanlash imkonini beradi (masalan, taymerni talab etilgan razryaligini), parallel portlarda esa razryadida axborotni uzatish yo‘nalishini. Mikrokontrollerda joylashtiriladigan tashqi bloklar tarkibi va turi qurilmaning foydalanish maqsadiga bog‘liq va ushbu mikrokontroller oilasida joriy etiladigan tipik masalalarga asoslangan holda ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlanadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. M.M. Musaev, A.A. Kaxxarov. Встроенные системы. Учебное пособие.
    Izd. «Mahalla va oila nashriyoti», Tashkent 2021.-187 s.
    2. Musaev M.M., Kahharov A.A. O‘rnatilgan tizimlar. O‘quv qo‘llanma.
    «Mahalla va oila nashriyoti», Toshkent 2021.-318 b.
    3. Kaxxarov A.A., Shukurov K.E., Atadjanova N.S. O‘rnatilgan tizimlar.
    Amaliy mashg‘ulotlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. «Mahalla va oila
    nashriyoti», Toshkent 2021.-402 b.
    4. Kaxxarov A.A., Xoldorov Sh.I., Xasanov U.K. O‘rnatilgan tizimlar.
    Laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami. Uslubiy ko’rsatma. Toshkent 2022
    Download 398.8 Kb.




    Download 398.8 Kb.