(1-rasm).
Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV
ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno (rostlanuvchi drossel II va sigim III) orqali
usha elementning V kamerasiga berilayetgan ta’minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi.
Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan.
Agar parametrning chetga
chiqish tezligi nol yeki nolga yaqin bulsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish signali
Rkir kuzatiladi. Agar bosim o`zgara boshlasa, masalan, o`zgarmas
tezlikda ortsa, u holda B
kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera
membranasidagi bosimlar
yigindisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo`ladi. Natijada taqqoslash
elementi IV dagi S1 soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi.
Chiqishda kirishdagi
bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo`ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o`zgarish
tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog’liq. Тaqqoslash elementi IVdan
chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashqil topgan kuchaytirgichning
kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichning xatosini yo`qotishga xizmat qiladi.
Uchirish relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo`ljallangan. Buyruq bosimi Rk=0
bo`lganda S2 soplo yopiq bo`lib, B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o`tadi.
Rostlagichni uchirish uchun ikkilamchi asbobdan
buyruq bosimi Rk berilib, bunda S2 soplo
ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga
keluvchi uchala signal o`zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo`ladi.
Avvaldan
ta’sirni 0,05 ... 10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.