O`zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham
ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.
4.
Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar
PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga uxshash.
U taqqoslash
elementlari I, III, VI, droselli summator II,
kuvvat kuchaytirgich IV, uzuvchi relelar V,
VII va
sigim VIII dan iborat (7.2- rasm). Bu rostlash bloki ikkita: proporsional va integral qismlardan
tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayetgan kattalikning pnevmatik signali Rn va
ikkilamchi asbobga urnatilgan topshriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning
berilgan qiymati
kelib, 0,2 ... 1 kg/sm
2
oralikda bo`ladi. Blokning proporsional qismi galayenlanishdan sung
harakatga kelib,
uning uzi esa summator I, III va drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21
rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffitsiyenti K=1 bo`lgan
birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo`lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat.
Proporsional va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da kushiladi. Buning uchun
integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim.
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsiyenti - Kr, izodrom vaqti - Тi) o`zaro bog’liq
emasligi blokning muhim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsiyenti (Kr)
drosselli summatordagi
o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi,
drossellash diapazoni
DD=3000... 5 chegarada o`zgaradi, bu esa kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 0,03 ... 20
bo`lishiga mos keladi. Izodrom vaqti Тi aperiodik zveno tarkibiga kirgan o`zgaruvchi drosselning
o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha bo`lishi mumkin.
PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.