Mavzu: Pozitsionеrlarni strukturaviy sxеmasini tuzib, ularni statik tеnglamasini kеltirib chiqarish




Download 39.8 Kb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi39.8 Kb.
#98346
  1   2
Bog'liq
3-amaliy
3-A`maliy, 5- amaliy mashg’ulot. Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish, 1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha Shaxs, individ, individual, 8-Mavzu, Betta yemirilishi. Betta yemirilish spektri. Neytrino, dinadayalane2016 (1) o\'zbekcha copy (1), 1-sinf matematika mashq daftari 2023 (2), 1 Фуркатга Лотинча диссертация. Тайёр., Mavzu Muhandislik psixalogiyasi-fayllar.org, Access yakuniy, Mantiqiy Xatolar, akademik litsey kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining maqsadi mazmuni uzviyligi va uzluksizligi, 1-amaliyga qo\'shimcha, Farhodjon

3-AMALIY ISH


Mavzu: Pozitsionеrlarni strukturaviy sxеmasini tuzib, ularni statik tеnglamasini kеltirib chiqarish.


Pozitsionerlarning ish prinsipi rostlash asbobidan keluvchi impulsni drosselli organning berilgan yo`lini ta`minlash uchun zarur havo bosimiga o`zgartirshga asoslangan. Pozitsionerlar ijro mexanizmlarning quvvatini va tezkorligini oshirish uchun qo`llaniladi.
П4- 10- IV dan boshqa barcha pozitsionerlar ichiga o`rnatilgan reduktorga ega. Pozitsionerlar ishlab chiqarilishida havo filtrlari bilan komplektlanadi, П4- 10- IV pozitsioner esa havo bosimi stabilizatori bilan komplektlanadi. Richagli pozitsinerlar mahkamlash usuliga ko`ra mos A va B indekslar bilan namoyon bo`ladi. Chiqish zveno harakat yo`nalishiga bog`liq holda pozitsionerlar ikki xil ijroga bo`linadi: to`g`ri ta’sirli(П indeksi bilan ifodalanadi) va teskari ta’sirli(ПО indeksli) membranali ijro mexanizmlarga o’rnatish uchun.
Pozitsonerlar shtokning 25mm yo`liga sozlangan holda ishlab chiqariladi (pozitsioner П4- 10- IV- 10mm). 25mm yo`lni karrali o`zgarishi teskari aloqa richagidagi tirqish hisobiga ta’minlanadi. 10 dan 100mm gacha shartli yo`lga ega to`g`ri ta’sir pozitsionerlari richagda 4 ta tirqishga ega, 10 dan 75mm gacha shartli yo`lga ega va teskari ta’sirli 25 dan 100mm gacha shartli yo`lga ega pozitsionerlar 3 ta tiriqshga ega.
Agar pozitsioner 25mm ga karrali bo`lmagan shtok yo`liga ega membranali ijro mexanizmi MIMga o`rnatilsa, montaj oldidan qayta sozlashni bajarish zarur, ya’ni uning yo`lini teskari aloqa prujinasi ishchi o`ramlarining sonini o`zgarishi bilan amalga oshadigan MIMning yo`li bilan mos holda sozlash kerak. Sozlovchi gayka ishchi o`ramlari soni quyidagi ma’lumotlar orqali taxminan o`rnatiladi:
Pozitsioner shtokining yo`li, mm Prujinaning ishchi o`ramlari soni
4 ..................................................................................................... 1.5
6 ..................................................................................................... 2,2
10 ..................................................................................................... 3,6
16 ........................................................................................................5,8
25 ..................................................................................................... 9,0
40 .................................................................................................... 7,2
60 ......................................................................................................7,2
100 .....................................................................................................9,0
Pozitsionerni sozlash quyidagi ketma-ketlikda o`tazilishi kerak:
Pozitsioner o`natiladigan MIMning shartli yo`lining qanchaligini oydinlashtirish;
Shartli yo`ldan shtok yo`lini sozlashning optimal qiymati aniqlanadi, bunda quyidagi shartlar bajarilishi karak:
LP=LM/k≤ 25 mm – to`g`ri ta’sirli pozitsionerlar uchun;
LP=LM/(k+1)≤ 25 mm – teskari ta’sirli pozitsionerlar uchun,
Bu yerda LP – pozitsioner shtoki yo`lini sozlash qiymati, mm;
LM - MIMning shartli yo`li, mm;
k – richagdagi tirqishlar soniga teng bo`lgan holda pozitsionerdan MIMga teskari aloqani uzatish soni,
Misol uchun, П10 – 100- Б- IV pozitsioner 60 mm shartli yo`lga ega MIM ga qayta o`rnatilishi talab etiladi. Shtok yo`lining qiymati LP=60/3=20 mm.
Pnevmatik pozitsionerlar mexanizmning chiqish elementi holatiga qarab teskari aloqani hosil qilish yo`li bilan porshenli qaytuvchan-ilgarilanma va aylanadigan pnevmatik ijro mexanizmlarning tez ishlashini oshirish va siljish har hilligini kamaytirish uchun mo`ljallangan.
Pnevmatik pozitsionerlarning shartli belgilanish strukturasi:
ПП X X X X X
Bajarilishi: У1Э – mo`tadil iqlimli davlatlarga
eksport qilishga etkazish uchun;
T1 – tropik iqlimdagi davlarga eksport qilishga
etkazish uchun.

Ta’minlovchi havo bosimi: 1 – 250kPa


2 – 400kPa
3 – 630kPa

Montajli kopmlektning tartib raqami (jadvaldan topiladi)



Mexanizm chiqish elementi shartli yo`lini sozlash
chegaralari:
25 – 25 mmgacha;
90 – aylanuvchi ijro mexanizmlari uchun;
100 – 25 dan 100 mmgacha



Qo`llanilishi:

  1. bir tomonlama harakat;

2 – ikki tomonlama harakat.

Mahsulot tipi


Download 39.8 Kb.
  1   2




Download 39.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Pozitsionеrlarni strukturaviy sxеmasini tuzib, ularni statik tеnglamasini kеltirib chiqarish

Download 39.8 Kb.