|
Router, switch kommutatori va shaxsiy komputerlarni ishchi oynaga joylaymiz va ular o’rtasida kabellerni ulaymiz
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #121036 |
Bog'liq 4topshiriq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Kompyuter tarmoqlari”
fanidan
AMALIYOT
TOPSHIRIQ №4
Bajardi:AKTSIM ta’lim yo‘nalishi
110-21 guruh talabasi
Sayfullayeva Sevinch
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: Jabborov Hayitmurod
Toshkent 2023
Variant
Router, switch kommutatori va shaxsiy komputerlarni ishchi oynaga joylaymiz va ular o’rtasida kabellerni ulaymiz.
Routerga IP address beramiz
1-kompyuterga gatewayga 162.148.1.1 va ip addresslarni ham qo’shib qo’yamiz.
4.2-komyuterga ham ip address yozib olamiz.
5.Endi esa 2va 3 chi kompyuterga vlan tamoq bo’yicha ip address beramiz.
Kommutator bilan switch ulangan kabelni sozlamasiga trunkni belgilaymiz ya’ni magistral liniya qilib belgilaymiz.
Vlan numberga 20 vlan nomiga lab1 degan nom berib 3 va 4 kabelga vlan 20 nomerli kableni belgilaymiz.
Routerdan 1chi komputerga xabar jo’natib ko’ramiz va bizda xabar jo’natildi va axborot muvvaqiyatli almashinayapti.
Bir qancha kodlarni Routerga kiritamiz.
Oxiri Routerdan Vlan orqali 3va 4 komyuterlarga xabar jo’natib ko’ramiz va bizda muvvaqiyatli amalga oshirildi. 2-kompyuterdan 3-kompyuterlarda ham ma’lumot muvvafaqiyatli amalga oshirilayapti.
Nazoriy qism
VLAN va uning vazifasi?
VLAN – inglizcha Virtual Local Area Network so’zlarining qisqartmasi bo’lib, bu virtual lokal tarmoq deganidir. VLAN router va kommutatorlarda bitta fizik tarmoq interfeysida (Ethernet, Wi-Fi) bir nechta virtual lokal tarmoqlarni yaratishga imkon beruvchi funktsiya. VLANlar fizik topologiyadan mustaqil ravishda mantiqiy tarmoq topologiyasini yaratish uchun ishlatiladi.
VLAN-dan foydalanishning afzalliklari
Tarmoqning o’tkazuvchanligini kamaytiradigan translyatsiya so’rovlari sonini kamaytirish.
Har bir virtual tarmoq xavfsizligini oshirish. Ofisdagi bitta bo’lim xodimlari o’zlarining VLAN-lariga kirmagan bo’limlar trafigini nazorat qila olmaydilar va ularning resurslariga kira olmaydilar.
Geografik jihatdan bir-biridan uzoq bo’lgan bo’limlarni yoki foydalanuvchilarni ajratish yoki birlashtirish qobiliyati. Bu ish jarayoniga ofis binosi tashqarisidagi mutaxassislarni jalb qilishga imkon beradi.
Kabelga ulanmasdan va switch sotib olmasdan yangi virtual tarmoq yaratishingiz mumkin.
Turli xil switchlarga ulangan kompyuterlarni bitta tarmoqqa birlashtirishga imkon beradi.
Tarmoq administratorining ishini soddalashtirish. VLAN foydalanuvchisi boshqa xonaga yoki binoga ko’chib o’tganda, tarmoq administratori kabellarni qayta ulashga hojat yo’q, tarmoq uskunasini ish joyidan qayta sozlash kifoya. Va dinamik VLAN-lardan foydalanilgan holda, foydalanuvchi yangi joyda avtomatik ravishda «o’z» VLAN-da ro’yxatdan o’tadi.
Xulosa:
Bu amaliyot ishida biz vlan tarmoqi orqali routerdan axborot qanday almashinishi kerakligi va qanday qilib bajarishimiz kerakligi haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
STEP-UP.UZ sayti
Erus.uz sayti
|
| |