Ro’yxatga olindi №2021yil




Download 99 Kb.
bet4/6
Sana12.05.2022
Hajmi99 Kb.
#20992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Magistrant ilmiy stajirovka dasturi 21

Jami :

5 hafta
240 soat




Baholash mezoni:
Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:
- Magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi;
- Magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida to’plagan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka o’tash davomida o’rganilgan masalalarning yoritib berilishi;
- Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning o’zida magiatratura talabasiga e’lon qilinadi.
- Magistratura talabasi stajirovka bo’yicha hisobotni ilmiy konferensiyalarda ma’ruza qilsa va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko’ra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirilsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi.
- Stajirovka bo’yicha hisobotni ilmiy konferensiyalarda ma’ruza qilinganligi va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko’ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda chop etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u ma’ruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomanidan baholanadi.
- Stajirovka bo’yicha qo’yilgan ball fanlar bo’yicha qo’yilgan ballarga tenglashtiriladi va umumiy o’zlashtirish yakunlari chiqarishda inobatga olinadi. Stajirovka yakunlari bo’yicha qoniqarsiz baho qo’yilganda , magistratura talabasi stajirovka bo’yicha hisobotni bir oy ichida magistratura nizomida belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda universiyey rektorining tegishli buyrug’i chiqarilishi lozim.
- Stajirovka bo’yicha hisobotni qayta himoya qilish yakunlari bo’yicha qoniqarsiz baho qo’yilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz o’tilmaganda magistratura talabasi akademik qarzdor hisoblanadi va belgilangan tartibda talabalar safidan chiqariladi.
- Magistratura talabasining og’ir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (ma’naviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka o’tashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini to’liq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.




Download 99 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 99 Kb.