Kerberos xavfsizligi.
Kerberos, kriptografik himoyalashning boshqa har qanday
dasturiy vositasi kabi, ishonchsiz dasturiy muhitda ishlaydi.
Ushbu
muhitning hujjatlashtirilmagan imkoniyatlari yoki noto‘g‘ri konfi-
guratsiyasi jiddiy axborotning sirqib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Hatto kalitlar, foydalanuvchi ishlash seansida faqat operativ xotirada
saqlansa ham, operatsion tizimdagi buzilish kalitlaming qattiq disk-
da nusxalanishiga olib kelishi mumkin.
Kerberos dasturiy ta’minoti o‘matilgan
ishchi stansiyasidan
ko‘pchilik foydalanuvchi rejimning ishlatilishi yoki ishchi stansiya-
lardan foydalanishning nazorati bo‘lmasligi, dastur-zakladkani kiri
tish yoki kriptografik dasturiy ta’minotni modifikatsiyalash imko
niyatini tug‘diradi.
Shu sababli, Kerberos xavfsizligi ko‘p jihatdan ushbu protokol
o‘matilgan ishchi stansiyasi himoyasining ishonchligiga bog‘liq.
Kerberos protokolining o‘ziga quyidagi qator talablar qo‘yi-
ladi:
- Kerberos xizmati xizmat qilishdan voz kechishga yo‘nal-
tirilgan hujumlardan himoyalanishi shart;
- vaqt belgisi autentifikatsiya jarayonida qatnashishi sababli,
tizimdan foydalanuvchilarining barchasi
uchun tizimli vaqtni
sinxronlash zarur;
- Kerberos parolni saralash orqali hujumlashdan himoya-
lamaydi. Muammo shundaki,
KDCda
saqlanuvchi foydalanuvchi ka
liti uning parolini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasidir.
Parolning bo‘shligida, uni saralab topish mumkin;
- Kerberos xizmati ruxsatsiz foydalanishining barcha turlaridan
ishonchli himoyalanishi shart;
- mijoz olgan mandatlar hamda maxfiy kalitlar ruxsatsiz foyda-
lanishdan himoyalanishi shart.
Yuqorida keltirilgan talablaming bajarilmasligi, muvaffaqiyatli
hujumga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirda Kerberos protokoli autentifikatsiyalashning keng tar-
qalgan vositasi hisoblanadi. Kerberos
turli kriptografik sxemalar,
xususan, ochiq kalitli shifrlash bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.