• Strukturalari b o ‘yicha
  • 10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va vositalari
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   249
    Faollik vaqti bo ‘yicha
    kanallar doimiy, davriy va tasodifiylar- 
    ga bo‘linadi. Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha 
    muntazam xarakterga ega. Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chi­
    qishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega bo‘lgan kanallar tegishli.
    Axborot sirqib chiqadigan kanallaming amalga oshirilishi 
    natijasida quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin:
    • akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi;
    • tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi;
    • axborotning qo‘shimcha elektromagnit nurlanishlar va na- 
    vodkalar bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi.
    Strukturalari b o ‘yicha
    axborot sirqib chiqadigan kanallar bir 
    kanalli va ko‘p kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot 
    sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha 
    bo‘ladi.
    Nazorat savollari:
    r
    1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi.
    2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushun- 
    tirib bering.
    3. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlani-
    shi.
    10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash
    usullari va vositalari
    Elektromagnit rmrlanish indikatorlari qo‘shimcha elektromag­
    nit nurlanishlami aniqlash va nazoratlash uchun ishlatiladi. Indika- 
    toming soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmdakeltirilgan.
    242


    Yuqori chastota
    B o‘sag‘a
    kuchaytirgichi
    qurilmasi
    Indikatot
    Amplituda
    detektori
    Past chastota 
    kuchaytirgichi
    10.4-rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi.
    Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanish- 
    lami qaydlaydi. Agar ushbu nurlanishlaming sathi bo‘sag‘a nurla- 
    nishdan oshib ketsa, tovush yoki nur yordamida ishlovchi ogohlanti- 
    ruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu joyda yashirincha o‘r- 
    natilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud.
    Indikatoming ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasi- 
    da tashqi signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon be- 
    ruvchi past chastota kuchaytirgichi va radiokamay mavjud. Test 
    akustik signal bilan modulyatsiyalangan nurlanishni indikator anten- 
    nasi qabul qiladi va kuchaytirilgandan so‘ng radiokama^ga uzati- 
    ladi. Radiozakladka mikrofoni bilan indikator radiokamayi orasida 
    xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida namoyon boiuvchi 
    musbat teskari bog‘lanish o‘matiladi. Bu akustik teskari bog‘lanish 
    yoki "akustik bog‘lanish" rejimi deb ataladi.
    Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko'rsatkichlari 
    bilan xarakterlanadi:
    • chastotaning ishchi diapazoni;
    • sezuvchanlik;
    • zakladkani topish radiusi;
    • ta’minot manbai xili;
    • zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti;
    • indikatsiya xili.
    Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rinishi 10.5-rasmda kelti- 
    rilgan. Asbob ishlashining ikkita rejimi mavjud:
    243


    • radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo‘ljallangan 
    maydonni aniqlash;
    • yashirincha tinglovchi qurilmalami qidirishga mo‘ljallangan 
    simli liniyalarni tahlillash.
    Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda 
    zakladkalami aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zak- 
    ladka ishlashi chastotasiga, tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit 
    ahvolga bog‘liq. Zakladka quwati 5 mVt bo‘lganida, aniqlash radi­
    usi taxminan lm ga teng bo‘ladi.
    10.5-rasm. D-008 indikatori.
    r
    Akustik teskari bog‘lanish rejimi qurilmaning lokal elektro­
    magnit maydon ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga 
    xos tovush signali bo‘yicha zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi. 
    Qurilma 50-1500 mGs chastota diapazonida ishlaydi.
    Radiochastotomerlar elektromagnit nurlanishning chastota bo‘- 
    yicha bo‘sag‘aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish 
    xonani reja asosida radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali 
    amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy tekshiri- 
    layotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning maksimal sathi 
    bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda, displeyda olingan 
    signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar 
    beriladi.
    244


    Radiochastotomerlaming ba’zi xillari axborotni yuqori chas- 
    totada liniya orqali uzatuvchi zakladkalami aniqlashda qo‘llaniladi. 
    Niyati buzuqning texnik vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs 
    (ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda bo‘ladi.
    RICh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosig- 
    nallami keng polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy 
    modulyatsiyali radiouzatuvchi qurilmalami aniqlash imkoniyatini 
    beradi.
    Asbob ikkita rejimda ishlaydi: qidirish va qo‘riqlash.
    Qidirish rejimi radiomikrofonlar, telefon radiotranslyatorlar, 
    radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘matilgan joylami aniq­
    lashda ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefon- 
    lami ruxsatsiz ishga tushirilganligini aniqlaydi.
    I
    10.6-rasm. RICh-3 chastotomeri.
    Qo‘riqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘- 
    lish onini qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi.
    RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqligida 
    (0,002%), chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi.
    Skanerlovchi priyomniklar transportda tashiladigan va qo‘lda 
    olib yuriladiganlarga bo‘linadi. Maydon indikatori va radiochasto- 
    tomerlarga o‘xshab, skanerlovchi priyomniklar axborot sirqib chi- 
    quvchi kanallami aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.
    245


    10.7-rasmda Winradio skanerlovchi priyomnikning tashqi ko‘- 
    rinishi keltirilgan. Ushbu priyomnik kompyuteming 16-bitli slotiga 
    o‘matiladigan karta ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning 
    ketma-ket portlar orqali ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini 
    orttiradi.
    Winradio 1000 modeli 500 kGs dan 1300 mGs gacha chasto- 
    talarda ishlaydi va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mum­
    kin. Dasturiy boshqarish sichqoncha va klaviatura yordamida quril­
    ma resurslarini operativ boshqarishga imkon beradi. Boshqarish pa- 
    neli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi - 50 kanal/s, chastota 
    bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha.
    10.7-rasm. Winradio skanerlaydigan qabul qiluvchi qurilma.
    10.8-rasm. Winradio skanerlovchi priyomnikni kompyuterga
    o‘matish.
    Winradio Communication firmasi radiopriyomniklari komp- 
    lekti tarkibiga boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi:
    • bazaviy dasturiy ta’minot;
    246


    • qo‘shimcha dasturiy ta’minot;
    • skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi das­
    turiy ta’minot.
    Bazaviy dasturiy ta’minot priyomnik ishlashini boshqaruvchi 
    asosiy boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: pri- 
    yomnikni ish chastotasiga va ishlash rejimiga o‘matish, skanerlash 
    parametrlarini belgilash va natijalarini akslantirish, ish natijalari 
    bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
    Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priyomnikning funksional imko- 
    niyatlarini kengaytirishga imkon beradi:
    • Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakte- 
    ristikalarini tahlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga 
    hamda audio - signallarini WAV - formatda qattiq diskka yozishga 
    imkon beradi. Signallami tahlillash va ishlash muolajalarini amalga 
    oshirishda kompyuteming standart tovush kartasidan foydalaniladi.
    • Datebase dasturi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazasining 
    shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo‘yicha 
    uch yuz mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati, 
    geografik koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi 
    axborotli ma’lumotlar bazasi kiradi.
    Skanerlashning ko‘pgina algoritmlari mavjud. Ularning asosiy 
    vazifalari quyidagilar:
    • agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan osh- 
    sa, skanerlash to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogoh- 
    lantiriladi.
    • signal aniqlanganida skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qol- 
    ganida skanerlash qaytadan boshlanadi;
    • signalni tahlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va 
    skanerlash rejimi ishga tushirilganida davom ettiriladi;
    • qo‘l yordamida skanerlash - priyomnikni sozlash operator 
    yordamida amalga oshiriladi.
    Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozak- 
    ladkalami qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priyom- 
    niklarda modulyatsiyaning berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha 
    skanerlash ko‘zda tutilgan.
    247


    Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxsiy kompyuterlaming aniq­
    lash qurilmalari bilan kompleksda ishlatilishi, signallami aniqlash 
    va tahlillash bo‘yicha imkoniyatlami jiddiy kengaytiradi. "Skaner­
    lovchi priyomnik + shaxsiy kompyuter" komplekti avtomatlashtiril- 
    gan qidiruv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi. Yanada mu- 
    rakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priyomnik 
    asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funk- 
    sional imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega.
    Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qi­
    diruv kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va 
    "KRONA Pro" komplekslari misolida ko‘ramiz.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish