|
Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti optika kafedrasi
|
bet | 4/7 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 40,48 Kb. | | #113165 |
Bog'liq Nazariy metodologik dasturAtom spektroskopiya
Atomlarning energetik sathlari, singlet, metastabil va aynigan sathlar, Eynshteyn koeffisiyentlari, vodorod atomi va vodorodsimon moddalar atomlari, Shredinger tenglamasi, to‘lqin funksiyasi, energetik sathlar nozik tuzilishi, spin, chiziqlar seriyalari, kvant son, Zeyeman va Shtark effektlari.
Oddiy atomlar spektrlari va nozik strukturasi
Spektral chiziqlarning turlari (yutilish, chiqarish va sochilish), intensivligi, doplercha va tabiiy kengligi, spektral chiziq chastotasi, integral intensivligi, spektral chiziqlarning intinsivliklari o‘tish ehtimoliyatiga bog‘liqligi. Ishqoriy elementlar spektrlari. Dirok nazariyasi. Lem va rezerford tajribasi.
Ko‘p elektronli atomlarning spektrlari
Geliy spektrlari. Spektral chiziqlarning turlari, intensivligi, doplercha va tabiiy kengligi. Spektral polosalarning siljishi, intensivligining o‘zgarishi, polosa formasining o‘zgarishi (yarim kengligi, simmetrikligi), yangi polosalarning paydo bo‘lishi, molekulaning qutbli yoki qutbsizligiga, molekulalararo o‘zaro ta’sirga bog‘liqligi. Alternativ taqiq. Fermi rezonansi. Lazerlar.
Molekulyar spektroskopiya
Molekulalararo o‘zaro ta’sir, molekulyar spektrlarning umumiy xarakteristikasi, molekulalar harakati turlari, elektron, tebranma, aylanma harakatlar energiyasi, ikki va ko‘p atomli molekulalarning tebranishlari, tebranishining xarakteristikligi. Aylanma va tebranma spektrlar.
Garmonik ossilyator modeli. Molekulalar modellari, spektrlari. Molekulalar spektrining intensivligi. Moddalarni qanday molekulalardan tuzilganligini aniqlash, identifikasiya qilish, har bir molekula faqat o‘ziga xos bo‘lgan spektrga ega bo‘lib bir molekulaning spektri ikkinchi molekula spektridan farq qilishi,
Kombinatsion sochilish spektroskopiyasi
Kombinatsion sochilish spektroskopiyasi va uning amaliy ahamiyati, kombinatsion sochilishning klassik nazariyasi, kombinatsion sochilishning kvant tabiati, yutilish va kombinatsion sochilishlardagi elektron o‘tishlar, kombinasion sochilish spektrini qayd qilish texnikasi. Tebranishlar simmetriyasi va spektrlar. Molekulalarning normal tebranishlari.
|
| |