78
2.
Eng sodda algoritmlar va ularning murakkabligi
3.
QuickSort va Merge Sort algoritmlarining biri-biridan farqli
jihatlari.
4.
Eng sodda algoritmlarning eng yaxshi va eng yomon holatdagi
ishlash vaqtlarini tahlil
qilish
5.
Quick Sort algoritmining eng yaxshi va eng yomon holatdagi
bahosini tahlil qiling.
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1.
Alisher 5-―B‖ sinf oʻquvchilariga dars beradi. Bu sinfda 30 ta
oʻquvchi oʻqiydi. Alisher Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi. 5-―B‖ sinf
oʻquvchilari orasida eng ezun boʻyga ega boʻlgan uchta oʻquvchini
boʻylari yigʻindisi, eng pastga boʻyga ega boʻlgan uchta oʻquvchining
boʻylari yigʻindisidan necha barobar katta ekanligini aniqlang.
2.
Sizga bir oʻlchamli butun sonlardan iborat massiv berilgan.
Sizning vazifangiz bu massiv elementlarini modullari jihatdan
kamaymaslik tartibida saralaydigan dastur tuzish. Agar modul jihatdan
teng musbat va manfiy sonlar mavjud boʻlsa manfiy son oldinroq
joylashtirilsin:
Masalan:
9 8 -9 2 -4 3
2 3 -4 8 -9 9
3. Buxgalter.
Buxgalterda xodimlarning maoshlari miqdori
ma‘lum. Buxgalter eng yuqori miqdorda maosh oluvchi xodimlar nechta
ekanligini bilmoqchi. Buxgalter eng yuqori maosh miqdori qancha
ekanligini bilmaydi.
4.
Sportchilar natijasi
. Ogʻir atletika boʻyicha musobaqa
oʻtkazilmoqda. Ushbu musobaqada 10 ta sportchi kurash olib bormoqda.
Ular uchta urinishni amalga oshirishadi. Natija sifatida esa
urinishlarning oʻrta arifmetigi yoziladi. ―Oltin‖, ―Kumush‖, ―Bronza‖
medal sohiblari qanday natija koʻrsatganini aniqlang. Agar natija
qiymatlari bir xil boʻlsa, shuncha miqdorda ―Oltin‖, ―Kumush‖,
―Bronza‖ medal beriladi deb hisoblansin.