Fermer xo’jaligi tushunchasi , maqsadi, vazifasi,faoliyati va uning yo’nalishlari




Download 298,48 Kb.
bet3/10
Sana11.06.2024
Hajmi298,48 Kb.
#262677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrofermerlar

1.1. Fermer xo’jaligi tushunchasi , maqsadi, vazifasi,faoliyati va uning yo’nalishlari
Fermer xo’jaligi - tanlob asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektdir.
Fermer xo’jaligining maqsadi – qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarini yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish o’zining ijtimoy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish.
Fermer xo’jaligining vazifalari - ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va naqsadli foydalanishni taminlash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish, mustaqil ravishda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmarlar ko’rsatish, veterinariya qoidalariga rioyo qilgan holda chorva mollarining mahsulotlarini oshirishdan iborat.
Fermer xo’jaligining faoliyatiga –qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarinin qayta ishlash,saqlash, shuningdek, bozorlarda, shu jumladan,o’z sovda shoxobchalari orqali sotish, tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarinin tashkil qilish, yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko’rsatish, tashqi iqtisodiy foaliyatni amalga oshirish, faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish kiradi.
Fermer xo’jaligining asosiy yo’nalishlari- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2003-yil 24-martdagi “ Qishloq xo’jaligida islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida”gi Farmonida belgilab berilgan: fermer xo’jaliklari zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi, fermer xo’jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi koorperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi, yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida, ellik yilgacha uzoq muddatga, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi, fermer xo’jaliklariga beriladigan yer maydonlari shirkat xo’jaliklarining balansidan chiqariladi, yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnik resurslari va xizmatlarini olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo’jaliklarning o’zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda qizmat ko’rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to’g’ridan-to’g’ri tuzadilar.
Fermer xo’jaliklarini tashkil qilish ishlari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Mehnat resurslari yetarli bo’lmagan va yangi sug’oriladigan yerlar hamda zaxira yerlarda fermer xo’jaliklari tashkil etiladi.
2.Qishloq xo’jaligi koorperativlari (shirkatlari)ning yerlarida qishloq xo’jaligi tuzish uchun berilgan arizaga binoan, umumiy majlisning qarori bilan ajratilgan yerlarda fermer xo’jaliklari tuziladi.
3. Surunkasiga zarar ko’rib ishlayotgan istiqbolsiz va past rentabelli xo’jaliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qayta tashkil etilib, to’laligicha fermer xo’jaliklariga aylantiriladi.
Fermer xo’jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo’lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaligi kamida 30 shartli bosh moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami bir shartli bosh chorva moliga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi sug’oriladigan yerlar kamida 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan (lamlikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik uchun kamida 10 gektarni, bug’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilgandan, fermer xo’jaligi o’z zimmasiga qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o’rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo’lmagasligini ta’minlash majburiyatini oladi.Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo’yiladi.
Fermer xo’jaligi shu xo’jalik boshlig’i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo’jaligiga tegishli, aloqador mol-mulk ajratib beradi va ustabini tasdiqlaydi. Fermer xo’jaligi tashkil etish uchun uning boshlig’i belgilanga tartibda yer uchastkasi olish kerak. Fermer xo’jaligi belgilangan tartibda davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo’jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro’yxatiga olingandan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank muassasasida hisob-kitob varag’i va boshqa xil hisob varaqlari ochib, o’z nomi bilan yozilgan muhrga ega bo’ladi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab oʻtilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.


Download 298,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 298,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fermer xo’jaligi tushunchasi , maqsadi, vazifasi,faoliyati va uning yo’nalishlari

Download 298,48 Kb.