Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti




Download 298,48 Kb.
bet9/10
Sana11.06.2024
Hajmi298,48 Kb.
#262677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrofermerlar

T/r

Ko’rsatkichlar nomi

2021-yilga



2025-yilga



2030-yilga



1.

Qishloq xo’jaligida qo’shilgan qiymatning yillik o’sishi

121,1 trln so’m (14,42 mlrd AQSh doll.)

5%

5%

2.

Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ida ish o’rinlari sonining o’sishi:
Qishloq xo’jaligi
Oziq-ovqat sanoati
To’qimachilik sanoati

3 744 7422
94 162,6
144 406

1%
4%
4%

1%
5%
5%

3.

Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi

3,5
mlrd AQSh doll.

10
mlrd AQSh doll.

20
mlrd AQSh doll.

4.

Aholi o’rtasida to’yib ovqatlanmaydiganlar ulushi

5%

3%

0

5.

Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish (bir nafar ishchiga bir yilda dollarda)

4 300 AQSh doll.

5 200 AQSh doll.

6 500 AQSh doll.

6

Qishloq xo’jaligidagi issiqhona gaz chiqindilarini kamaytirish

17 314

30%

50%

Ta'kidlash joizki, fermer xo'jaligini ixtiyoriylik asosida tugatish o'zbekiston respublikasi prezidentining 2007 yil 27 apreldagi tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to'xtatish tartibini takomillashtirish to'g'risida'gi pq-630-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


Majburiy tartibda maqbullashtirish va tugatish yuqoridagi nizomning uchinchi bo'limida davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan fermer xo'jaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xo'jalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xo'jaligi yer maydonini maqbullashtirish tartibi belgilangan.
Xususan, yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer xo'jaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman, shahar hokimi) tomonidan taqdim etiladigan da'volar asosida, xo'jalik sudi qaroriga binoan amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.
Shuningdek fermer xo'jaligini tugatishda mulk huquqi bilan unga qarashli bo'lgan imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer maydonini olib qo'yishga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
XULOSA
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishda olib borilayotgan islohatlar asosida mulkchilik munosabatlari shakllanib, barcha tarmoqlar bozor munosabatlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikada agrar sohasining barcha tarmoqlarida mahsulot yetishtirish imkoniyatlari kengayib, huquqiy asoslar yaratildi. Islohatlar natijasida qishloq xo’jaligini uch bosqishda rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib, samarali joriy etildi. Qishloq xo’jasligida faoliyat ko’rsatayotgan subyektlar orasida fermer xo’jaligi o’zining iqtisodiy va mahsulot ishlab chiqarish salohiyati bilan ustuvorligini ko’rsatdi. Fermer xo’jaligini kelgusida rivojlantirish to’g’risida barcha chora- tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Fermer xo’jaligi o’zida tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligining ustuvor subyekti hisoblanadi. Respublika qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan subyektlar orasida har tomonlama ustuvor bo’lgan fermer xo’jaliklarini rivojlantirish to’g’risida hukumatning ko’plab qarorlari qabul qilindi. Unda fermer xo’jaligining huquqiy asoslari, xo’jalikni tuzish tartibi, ishlab chiqarish faoliyati, yer uchastkasidan foydalanish tartiblari, Prezident, Oliy Majlis va Senat, O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlardan foydalanish tartiblari, fermerning haq-huquqlari to’g’risidagi barcha qonuniy asoalar yaratilib, keng joriy etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
O’zbekistonda Fermer xo’jaliklari uyushmasi o’rniga Fermerlar kengashi tashkil etilmoqda 2012 yil 22 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O’zbekistonda fermerlik faoliyatinini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim bo’g’ini sifatida fermer xo’jaliklarining ro’li va ahamiyatini oshirish maqsadida qabul qilindi. Unga ko’ra quyidagilar O’zbekiston Respubublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining g’oyat muhim vazifalari qilib belgilandi: qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil qilishning yetakchi bo’gini va shakli sifatida fermer xo’jaliklarining huquqlari, manfraatlari himoya qilinishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash; fermerlikni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, fermer xo’jaliklarining o’zini o’zi boshqarish ta’sirchan mehanizimlarni yaratish, ularning davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, taminot va xizmar ko’rsatish tashkilotlari bilan o’zaro munosabarlarini takomillashtirish; fermer xo’jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini oshirish, fermerlarning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo’jalik homashyosini kompleks qatrta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat ko’rsatish soholarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mehanizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini rag’batlantirish.
Mamlakatimizda fermer xo’jaliklari soni 2003 yildagi 87,6 mingdan 2012 yilda 70,8 minggacha o’zgargan, biriktirilgan yer maydonlari shu davrda 2148,1 ming gektardan 5854,3 ming gektargacha ko’paygan. Bu 2,7 marta ko’p demakdir. Fermer xo’jaliklari maydonlari optimal holatga keltirilib, o’rtacha 1 fermer xo’jaligiga to’g’ri kelgan yer 24,5 gertardan 82,7 gektar ga oshgan sababi olib borilayotgan ishlar o’z samarasini bermoqda va kelajakda ham fermerchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilyapdi.



Download 298,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 298,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti

Download 298,48 Kb.