Samarqand filiali kompyuter falsafasi




Download 0,72 Mb.
bet60/146
Sana02.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#150537
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
Bog'liq
Kompyuter falsafasi-fayllar.org

Statistik ma’lumot
Shu nuqtai nazardan tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, dastlab jami bilimlar miqdori juda sekinlik bilan o‘zgarganiga guvoh bo‘lamiz. Biroq 1900 yillardan e’tiboran axborot miqdori har 50 yilda ikki hissa orta boshladi. 1950 yildan axborotlar har 10 yilda, 1970 yildan – har 5 yilda, 1990 yildan esa yiliga ikki hissa orta boshladi. Ortiqcha axborotlarning bunday ko‘p miqdorda bo‘lishi iste’molchining o‘zi uchun foydali axborotni idrok etishini qiyinlashtirib qo‘ydi.
Yurtimizda axborotlashgan jamiyat qurish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va dasturlarning barchasida demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat uchun axborotlashgan jamiyatga o‘tishning iqtisodiy, huquqiy, texnologik, madaniy shart-sharoitlari yaratib berilmoqda. Masalan, “Axborotlashtirish haqida”, “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonunlar va boshqalar shu maqsadga xizmat qiladi. 2001 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonda axborotlashgan jamiyatga o‘tishning navbatdagi bosqichida dolzarb muammolarni hal qilishdagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bu Farmonning asosiy maqsadi – axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalaridan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirib borishni kengaytirishdan iborat. Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda, uni bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda bu sohadagi asosiy yo‘nalishlar: telekommunikasiyalar infratuzilishini rivojlantirish; kompyuterlashtirish; axborot xavfsizligini ta’minlash; kadrlar tayyorlash va boshqa vazifalar ko‘rsatib berildi.

Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, oxirgi 20 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.


Yurtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi17. Xususan,“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi (2004 y.) qonunda ta’kidlanishicha, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning xalqaro tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratildi. Yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modernizasiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 0,72 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand filiali kompyuter falsafasi

Download 0,72 Mb.