|
Evropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Kovernota –
|
bet | 19/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiEvropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Kovernota – sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan va sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi.
Brutto - stavka - sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to’lashga mo’ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan netto-stavkaga yuklama summalarini o’z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining tarif stavkasini bildiradi. Ko’pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi ma’nosida ham ishlatiladi.
Denonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to’g’risida ikkinchi tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko’rsatilgan muddatgacha kuchda bo’ladi.
Depozit - 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank, odatda, sug’urta kompaniyasiga o’z pulini bankda saqlagani uchun foiz to’laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lsa, dastlab u o’sha mamlakat bank muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo’yadi. Mazkur depozit, chet davlat sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Diversifikatsiya - yirik sug’urta kompaniyalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat bilan ham shug’ullanishi. Masalan, sug’urta vositachiligi, qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi, ko’chmas mulk bilan shug’ullanish va xakozo.
Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug’urtalanishi mumkin bo’lgan yukning nomlanishi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Evropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Kovernota –
|