• Tijorat tadbirkorligi
  • MOLIYAVIY TADBIRKORLIK Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. Moliyaviy tadbirkorlik
  • SUG‘URTA FAOLIYATI
  • Samarqand shahar "ishga marhamat" monomarkazi




    Download 174,83 Kb.
    bet2/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi174,83 Kb.
    #233710
    1   2   3
    Bog'liq
    tadbirkorlik-faoliyat-turlari

    TIJORAT TADBIRKORLIGI
    Aytaylik, sizda ishlab chiqarish tadbirkorligi uchun yetarli resurs bo‘lmasligi mumkin. U holda siz ishlab chiqarish resurslari kabi katta ehtiyoj talab etmaydigan, ko‘proq aylanma mablag‘lar yetakchi o‘rin tutadigan tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanishingiz mumkin
    Tijorat tadbirkorligi tovar-pul munosabatlari va savdo-ayirboshlash operatsiyalariga, ya’ni tovar va xizmatlarni qayta sotishga asoslangan faoliyat
    Chakana va ulgurji savdo, turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la oladi.
    Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi uning xarid narxidan yuqori bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat tadbirkorligini amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi.
    MOLIYAVIY TADBIRKORLIK
    Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin.
    Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati
    Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valuta birjalari va boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
    Bir xonaqan chiqmasdan ishlaydigan tadbirkorlik faoliyatiga kiradi. Sizdan bilimdan boshqa narsalar ko`p talab etilmaydi.
    SUG‘URTA FAOLIYATI
    Hayot turli tasodiflarga, kutilmagan hodisalarga to‘la. Har qanday kishi kutilmaganda sog‘lig‘ini, tabiiy ofat yoki baxtsiz hodisa tufayli molmulkini yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida hech kimning faoliyat natijasi to‘liq kafolatlanmagan bo‘lib, korxonalar moliyaviy inqirozga yuz tutishi mumkin.
    Shunday holatlarda sug‘urta faoliyatiga ehtiyoj seziladi
    Sug‘urta – turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati
    Sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi, javobgarlik sug‘urtasi kabilar kiradi.
    Umumiy holda sug‘urta tadbirkorligini sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi sifatida tavsiflash mumkin.

    Download 174,83 Kb.
    1   2   3




    Download 174,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand shahar "ishga marhamat" monomarkazi

    Download 174,83 Kb.