• Tadbir qatnashchilari: 1-v sinf óquvchilari.
  • Til -millat kôzgusi ”
  • Samarqand shahri 55-umumta 'lim maktabida 2024-yilning 21-oktyabr kuni maktabning 1-"v" sinf óquvchilari bilan birgalikda " Til -millat kózgusi "mavzusidagi bayram tadbiri bayonnomasi




    Download 146,86 Kb.
    Sana22.05.2024
    Hajmi146,86 Kb.
    #249548
    Bog'liq
    2 5343982473585905183


    Samarqand shahri 55-umumta 'lim maktabida 2024-yilning 21-oktyabr kuni maktabning 1-"v" sinf óquvchilari bilan birgalikda " Til -millat kózgusi "mavzusidagi bayram tadbiri


    BAYONNOMASI
    Qatnashishdi: 55- umumtaʼlim maktabi direktori, óquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maktab psixologi, 1-v sinf rahbari Xudoyqulova, 3-a sinf óquvchilari va sinf rahbari .
    Tadbir o‘tkaziladigan sahnaga bayramona tus berilgan, rangba-rang sharlar bilan bezatildi. Tadbir boshlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi qo‘yib eshittirildi. Tadbirda sinf rahbari M. Jiyanova sózga chiqdi va tadbirni ochib berdi.
    Tadbir qatnashchilari: 1-v sinf óquvchilari.
    Tavakkalov Amirjon, Mirzayev Amir, Zarbodova Sabina Shuhratova Shahsina, Ganiyeva Sabrina, Rustamova Shahnoza, Erkinova Jasmina, va sinfning boshqa óquvchilari.
    Tadbir boshlovchilari: Tavakkalov Amirjon Shuxratova Shaxsina

    Ushbu "Til - millat kózgusi " nomli tadbir O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ótkazildi. Tadbirda 1-v sinfning óquvchilari ishtirok etishdi va óz chiqishlarini taqdim etishdi. Tadbirda barcha óquvchilar faol etdilar. Tadbirda ona tilimizning tarixi, kelib chiqishi va boshqa tillar bilan aloqadorligi haqida maʼlumotlar berildi.


    Bayram tadbiri kótarinki kayfiyatda ótdi. Barcha qatnashchilarga maqul keldi. Tadbir sóngida maktab direktori sózga chiqdi va tadbir haqida óz fikrlarini bildirdi.



    Tadbir 2 soatga mo‘ljallandi. Ona tilimiz haqidagi sheʼrlar ashulalar ôquvchilar tomonidan ijro etildi.


    1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi Til bayramiga xush kelibsiz!
    2-boshlovchi. Inson go`zalligi, manaviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu tildir. SHu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, ezozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
    1-boshlovchi. Darhaqiqat, inson o`z ona tilisi bilan uyg`ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o`tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo`ladi.
    2-boshlovchi. Zero, nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi.
    1-boshlovchi. Marhamat, endi navbatni maktab-internatimiz o`quvchilariga beramiz.
    1-o`quvchi.
    O`zbek tilin tinglab kirdi menga jon,
    Ohista tikildim va shunda bildim.
    Meni tuzatolmas hech dard-u darmon
    Jonimga Masihdur shu ona tilim.

    Barchamizga yaxshi malumki, 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida ham O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir deb yozib qo`yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.

    2-o`quvchi. Inson tug`ilib o`sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko`ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so`zimiz bu ona so`zidir. Biz eng aziz, eng mo`tabar inson nomini o`z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo`lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. SHuning uchun ham o`zbek tili buyuk va muqaddasdir.
    o`quvchi: 1989-yil 21-okatbr Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi.
    2-o`quvchi. 1995-yil 2-sentabr. Lotin youviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risidagi qonunga o`zgartirishlar kiritildi va Oliy Majlisning tegishli qarori qabul qilindi.
    3-o`quvchi. 1995-yil 24-avgust. Vazirlar Mahkamasining O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasqidlash to`g`risidagi qarori qabul qilindi.
    4-o`quvchi. 1995-yil 21-dekabr. O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
    5-o`quvchi. 1996-yil 10-sentabr. Vazirlar Mahakamasining Davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish Davlat dasturi to`g`risidagi qarori qabul qilindi.
    SHerlar va hikmatli so`zlar.
    1-o`quvchi.
    Momolarim alla aytgan sen bilan,
    Navoiy ham ijod etgan sen bilan,
    Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan,
    O`zbek tilim, singib ketding qonimga
    Ko`rk berasan sherlarim-u borimga.

    2-o`quvchi.


    Arastudan so`radilar: Odamlar bilan qanday muomala qilish lozim? Arastu javob berdi: Ularning o`zingizga qanday muomalada bo`lishini istasangiz, shunday muomalada bo`ling.
    Bir hakimdan so`radilar: Odamni qiynaydigan eng og`ir yuk nima? Hakim javob berdi: Tiliga erk berilgan g`azab yuki. CHunki bu yuk yurakni o`ldiradi.
    3-o`quvchi.
    Munofiqning belgisi uchta : so`zlasa yolg`on gapiradi, vada bersa, vadasini buzadi, omonat berilsa, xiyonat qiladi.
    4-o`quvchi.
    Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
    Til vositayi robitayi olamiyondir.
    G`ayri tilini say qiling bilgani yoshlar,
    Kim ilm-u hunarlar bilanki, ondin ayondur
    Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
    Bilmakka oni g`ayrat eting foida kondur.
    Ilm-u fan uyig`a yuboringlar bolangizni,
    Onda o`qug`onlar bori yaktayi zamondur.
    Zor o`lmasun onlar dog`i til bilmay Avazdek
    Til bilmaganidan oni bag`ri to`la qondur.

    Til haqida fikrlar (9-sinf o`quvchilari):


    1-o`quvchi. O`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-manaviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.
    2-o`quvchi. Ona tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg`ular manbayi. U inson kamolotida betakror o`rin tutadi. CHunki onalarimiz bizga shu tilde alla aytadi., inson uchun hayotiy zarurat bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi., odob axloqimiz, fel-atvorimiz til orqali berilgan o`git va nasihatlar asosida shakllanadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog`liq.
    3-o`quvchi. Til xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun xalqning ozodlikka, o`zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o`rin tutadi.
    O`zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.
    Raqs. 5-E sinf o`quvchisi Toshmurodova Gulsevar ijrosida (Doirangni chal qo`shig`i)
    Til haqida sherlar:
    1-o`quvchi:
    Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,
    SHer yozdim-u bo`lak ishni qotirmadim
    Tilim turib o`z tilimda gapirmadim
    Bir eslasam eziladi bag`ri dilim,
    Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
    Ona erkam deb quchganda tunlar yarim,
    Erkim yo`q deb zirqiraydi bir joylarim,
    Parovozni hansiratgan bug`doylarim,
    Oltinlarim, madanlarim, ipaklarim
    Ona tilim ,kechir meni, ona tilim.
    2-o`quvchi:
    Kimlar uchun biz edik bir badaviylar
    O`zbekni qon qaqshatganni o`zbek siylar
    Holimizni qon kuzatdi YAssaviylar
    Onatilim, kechir meni, ona tilim
    Kimdir mayda millat bo`ldi, kimdir katta
    Katta millat afandisi yo`qdir hatto
    Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda
    Zulm o`tsa faqat sendan o`tdi zulm
    Ona tilim, kechir meni ona tilim.
    3-o`quvchi:
    Sen bo`lmasang, nima bizga silliq sherlar
    Bu dunyoda tili yo`qda dil yo`q derlar
    Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar
    YUragimning to`ridagi so`lmas gulim
    Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
    Bir qarasang har shevangda ming jilolar
    Har novdangda, har mevangda ming jilolar
    Qodiriylar, CHo`lponlar-u Abdullolar
    Sening qaytgan kuning men tug`ilgan yilim
    Ona tilim, ey muqaddas ona tilim.

    Sahna ko`rinish. Abdulla QodiriyningO`tkan kunlar romanidan parcha


    (9-G sinf o`quvchilari ijrosida)
    Muallif: Abdulla Qodiriyning O`tkan kunlar romanidan parcha.
    Rahmat: Bizni kechirasiz bek aka, vaqtiz kelib tinchsizladik.
    Otabek: Tinchsizlamadingizlar, bilaks quvontirdingizlar. SHahringizga birinchi marta kelishim bo`lgani uchun tanishsizliq, yolg`izliq meni juda zeriktirgan edi.
    Otabek: Bazi yumushlar buyursam, ota.
    Hasanali: Buyurungiz, o`g`lim
    Otabek: Rahmat, ota, bo`lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi?
    Hasanali: Xo`p o`g`lim
    Rahmat: Bu kishi kimingiz bo`ladi?
    Otabek: Qulimiz
    Hamid: Qulingiz?
    Otabek: SHundoq.
    Rahmat: Toshkanddan nimalar keltirdingiz bek aka?
    Otabek: Arzimagan narsalar: gazmol, qalapoy afzali va biroz qozon.
    Homid:Marg`ilonda gazmol bilan qalapoy afzailining bozori chaqqon.
    Rahmat: Marg`ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushladingizmi yo?
    Otabek: Nima desam ekan? Marg`ilonni har holda xush ko`rdim. Marg`ilon Turkistonimizning to`qug`uchliq hunarida birinchi shahridir. Kelgan kunimdan Marg`iloningizni xushlamay boshlag`an edim. CHunki tanishlarim yo`q, musofirchilik bilinib qolayozg`an edi. endi bu soatdan boshlab Marg`ilondan roziman, negaki yo`qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bolur ekan.
    Rahmat: Kechirasiz bek aka, men sizning Marg`ilonga kelganingizni bu kun otamdan eshitdim. Yo`qsa albatta sizni zeriktirmas edim.
    Otabek: Aniqmi?
    Rahmat: To`g`ri gap, otam Toshkand borganlarida to`ppa-to`g`ri sizning hovlingizga borar ekanlar.
    Otabek: To`g`ri sizning hovlingizni so`roqlab topish menga qiyinroq ko`rindi. Undan so`ng molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyg`a tayinlag`an ekanlar.
    Rahmat: Har holda uzr emas.
    Homid: yoshingiz nechada bek?
    Hasanali: Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo`lsa, to`ppa-to`g`ri 24ga qadam qo`yadilar.
    Otabek: 24 yoshga kirdimmi, ota? CHindan ham necha yoshga kirganimni o`zim bilmayman.
    Hasanali: 24 yoshga kirdingiz, bek.
    Homid: Uylanganmisiz?
    Otabek: Yo`q
    Hasanali: Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bo`lsa ham, avval taqdir bo`lmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bo`lgan qarshiliqlaridan bu kungacha to`y qilolmay kelamiz. Ulug` xo`jamizning qatiy niyatlari bu safardan qaytg`ach bekni uylantirishdir.
    Rahmat: Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?
    Homid: Bundan xabarim bo`lmadi. Gumonimcha bermagan.
    Rahmat: Bizning Marg`ilonda bir qiz bor, shundoq ko`hlikki, bu o`rtada uning o`xshashi bo`lmas deb o`ylayman. SHahrimizda Mirzakarim otlig` bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki siz Mirzakarim akani tanirsiz. U bir necha vaqt Toshkentda qutidorlig` qilib turg`an ekan.
    Otabek:Yo`q tanimayman.
    Rahmat: Uning hovlisu poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O`zi davlatmand kishi. Toshkent ashroflarining ko`pchiligi bilan aloqador bo`lganliqdan balki otangiz bilan tanish chiqar.
    Otabek: ehtimol
    Rahmat: endi biznikiga qachon mehmon bo`lasiz, bek aka?
    Otabek: Xudo xohlagan vaqtda bo`larmiz.
    Rahmat: Yo`q, bek aka. Siz aniqlab bir kunni tayin qilasiz, biz bu yerga sizni taklif qilgani kelganmiz.
    Otabek: Ovora bo`lmoqning nima zarurati bor?
    Rahmat: Bunda ovora bo`lish degan narsa yo`q. iloji bo`lsa, sizni bu saroydan hovliga ko`chiramiz. Hozirga bir kunni tayin qilib mehmon bo`ling-chi. Otam siz bilan o`ltirushib Toshkand ahvolini so`zlashmakka mushtoqdir.
    Otabek: Bu saroydan sizlarnikiga ko`chishim mushkul, ammo otangizning ziyoratlariga borishga har qachon hozirman.
    Rahmat: Sog` bo`ling, bek aka. Boradigan kuningnizni tayin qila olasizmi?
    Otabek: Malumingiz kechalari bo`sh bo`laman. SHuning bilan birga otangiz qaysi vaqtn ixtiyor esalar ijobat o`zga chorasi bo`lmas.
    Rahmat: Salomat bo`lingiz shuni ham sizdan so`rayin. O`lturishga begona kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? CHaqirilganda ham o`zimizga yaqin va ahl kishilar bo`lur. Masalan, Mirzakarim qutidor kabi.
    Otabek: Manim uchun farqsiz.
    O`quvchilar tazim qilib chiqib ketadilar.

    Tadbir maktabning faollar zalida bólib ótdi


    Til -millat kôzgusi ”
    nomli tadbirda 55- umumtalim maktabi direktori Saydullayeva maktab psixologi, óquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, va, 1-v sinf oʻquvchilari hamda sinf rahbari Jiyanova Munira


    Mas’ullar: Jiyanova Munira
    Download 146,86 Kb.




    Download 146,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand shahri 55-umumta 'lim maktabida 2024-yilning 21-oktyabr kuni maktabning 1-"v" sinf óquvchilari bilan birgalikda " Til -millat kózgusi "mavzusidagi bayram tadbiri bayonnomasi

    Download 146,86 Kb.