|
Samarqand viloyati Narpay tumani 52-maktab tarix fani o’qituvchisi Esanova Hilola Usmanovnaning 11 –sinf Jahon tarixi fanidan dars
|
bet | 3/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #241781 |
Bog'liq 11-sinf Jahon tarixiSan’at - Bu davr san'ati modernizmga muqobil, ba’zan unga keskin qarama-qarshi yo‘nalishlarni izlash, yangi san’at tilini yaratishga urinish bilan xarakterlanadi. U yangi obrazlarni, ifodalashning yangi, nomoddiy vosita va materiallarini izlash jarayonida aks etdi. Axborot davrining yangi texnologiyalari, axborotning haddan ziyodligi, inson bilan mashina o‘rtasida ziddiyatga olib keldi.
- Bu ziddiyatni hal qilish yo‘li sifatida telekommunikatsiyaga estetik asoslarni olib kirish, uni axborot yetkazish funksiyasidan ozod qilish, xususan, ko‘rsatuvlar mazmunini sharqona mistitsizm, irratsional negiz bilan to‘ldirish taklif qilinadi.
- Intellektni ≪ishga solmasdan≫, bevosita insonning ichki olamiga murojaat qilish — bu tamoyil kompyuter grafikasi, videokliplar yaratish kabi san’atning yangi turlarida, qisman zamonaviy kino san’atida qo‘llanilmoqda.
- Telekommunikatsiyalarning global tarmog‘i, ommaviy madaniyat paydo bo‘lishining eng muhim natijasi badiiy san’atning ijtimoiy-siyosiy roli oshganligida namoyon bo‘ldi. Endi san’at faqat hayotning in’ikosi bo‘lmasdan, ijtimoiy reallikni shakllantiruvchi omilga ham aylandi.
Mavzuga oid atamalar
1 Vaksina
|
Yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo‘llaniladigan vosita
|
2. Irratsionallik
|
Voqelikni bilishda ongning imkoniyatini rad etuvchi yoki uni juda eheklangan deb biluvchi falsafiy konsepsiya.
|
3. Ommaviy madaniyat
|
Zamonaviy jamiyat hayotining
deyarli barcha sohalariga kirib kelgan maishiy, ko‘ngilochar va
axborot madaniyati.
| Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni o’rganish natijasida qanday xulosaga keldingiz . Tushunchalarni sharhlang 1.Ilmiy Texnik inqilob 2.Axborot jamiyati 4.Ommaviy madaniyat Uyga vazifa : Mavzuni bugungi kun misolida tahlil qiling (SWOT usulida) va darslikdagi savol topshiriqlarni bajaring.
Strength (kuch)
Weakne (zaiflik)
Opportunities ( imkoniyat)
Threat (xavf xatar)
SWOT
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Samarqand viloyati Narpay tumani 52-maktab tarix fani o’qituvchisi Esanova Hilola Usmanovnaning 11 –sinf Jahon tarixi fanidan dars
|