|
Samrqand viloyati Pidogok Kadrlarni qayta tayyorlash va Malakasini oshirish Inustiti
|
bet | 2/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 7,46 Mb. | | #256254 |
Bog'liq tolalarJun – kelib chiqishi bo‘yicha hayvon oqsili bo‘lgan tabiiy tola. Xomashyo sifatida hayvonlar juni ishlatiladi: qo‘y, tuya, lama, quyon juni va boshqalar. To‘qimachilik sano- ati uchun junning sezilarli massasi 94–96% qo‘ychilikdan ta’minlanadi. Har xil hayvonlarning junlari sifati, xossalari va ko‘lami bo‘yicha farqlanadi, lekin barcha turdagi junlarning umumiy xususiyati bor – ular issiqlikni ajoyib saqlash qobiliyatiga ega. Tabiiy jun matolari yumshoq, elastik, yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘ladi.
Matolarning
qalinligi har xil bo‘lishi mumkin: ham qalin, ham yupqa jun matolar mavjud. Jun matolar deyarli g‘ijimlanmaydi. Junni yoqish paytida xuddi ipak kabi kuygan pat hidi seziladi.
Sellyuloza o‘simlik tolalarining asosiy tarkibiy qismidir.
Bu qattiq, qiyin eriydigan modda glyukoza qoldiqlari
bo‘lganbog‘lanish-lardan iborat. O‘simlik tolalarida sellyulozadan tashqari, mumlar, yogʻlar, oqsillar, bo‘yoqlar kabi moddalar mavjud.
Zig‘ir tolasi — o‘simlikdan olinadigan tabiiy tola. Zig‘ir tolasi shu nomdagi o‘simlikning poyasidan olinadi. Zig‘ir matolari gigiyenik, bardoshli, teginish uchun yumshoq
bo‘ladi, namlik va havoni yaxshi o‘tkazish xususiyatlariga, yorqinlikka ega.
Paxta tolasi tabiiy o‘simlik tolasidir. G‘o‘za o‘simliklari
urug‘ining tolasidan paxta hosil qilinadi.
Paxta asosida chit, satin, batist, denim, flanel va boshqa ko‘plab turdagi paxta matolari ishlab chiqariladi. Paxtaning afzalliklari mustah-kamlik, yuqori ishqorlarga chidamli-ligi va elastiklikdir.
Tabiiy o‘simlik tolalari
Asbest (yunoncha asbestos, “buzilmas”) –
[3(Mg,Fe)O. CaO. 4SiO2] silikatli mineral bo‘lib, o‘tga chidamli, kislota ta’siriga bardoshli, issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydi, anorganik tabiiy polimerlar guruhiga mansubdir. Asbest ikki xil bo‘ladi:
- serpentin (xrizotil)
- amfibol
asbest. Asbestli minerallar kimyoviy tarkibi bo‘yicha suvli
magniy va temir silikatidan, qisman kalsiy va natriy silikatidan iborat.
Tabiiy mineral tolalar
|
| |