Yangi mavzu bayoni: Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash




Download 0,97 Mb.
bet4/5
Sana09.01.2024
Hajmi0,97 Mb.
#133545
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be

Yangi mavzu bayoni: Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash .
Chizmani o’qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o’rganishga yordam beradi .Fazoviy tasavvurni yaxshi o’stirishga va chizmalardagi barcha shartliliklarni to’laroq o’zlashtirishga imkoniyat yaratadi va o’quvchi tomonidan chizmani tez o’qiy olish qobiliyatini o’stiradi.
Umuman chizmalarni o’qish chizmada tasvirlangan detalning shaklini to’la tasavvur etishga va uning konstruktiv xususuyatlarini aniqlashga chizmaga qo’yilgan hamma o’lchamlarni o’qishga, ular detalning qaysi qismiga oidligini aniqlashga o’rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o’qish natijasida detalning nomini, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi. Chizmani o’qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko’proq chizmalarni tahlil qilishga o’rganishdir.
Ko`rinish deb – buyumning kuzatuvchiga nisbatan ko`rinib turgan tomoni
tasviriga aytiladi.
Ko`rinishlar bosh va asosiy ko`rinishlarga bo`linadi. Buyum haqida eng ko`p ma`lumot beradigan ko`rinish bosh ko`rinish deb ataladi. Bosh ko`rinish frontal (V) proyeksiyalar tekisligiga chiziladi. Bosh ko`rinish shunday joylashtirilishi kerakki, buyumning shakli va o`lchamlari tog`risida tasavvur qilish imkoni bo`lsin.
Detal chizmasi chizilayotganda ko`rinishlar soni eng kam bo`lishiga, ammo unda detal to`g`risida to`liq ma’lumot berilishiga harakat sifatida kubning olti yog`i qabul qilingan:



2-chizma,

Buyumning frontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni olddan ko`rinish yoki bosh ko`rinish, buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni ustdan ko`rinish va buyumning profil proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni chap tomondan ko`rinish deb ataladi.


Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (2-chizma).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlar buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Detalning olti tomonidan ko`rinishini AutoCAD dasturi yordamida o`rganamiz va yangi detal chizmalarini chizamiz:


Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi mavzu bayoni: Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash

Download 0,97 Mb.