Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun taqqoslash jadvali to`ldiriladi, bunda o`quvchilar doskada Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlarining ko`rinishlarini O`zbekiston tarixi darsligi bilan taqqoslab ishlaydilar.
Shaharlarning shakllanishi
|
Yevropa
|
Markaziy Osiyo
|
Xo`jalik taraqqiyoti
|
|
|
Shaharlari hayoti
|
|
|
Shaharlar ko`rinishi
|
|
|
Hunarmandchilik
|
|
|
Doskada va daftarda topshiriqni bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
III.Yangimavzubayoni: Reja:1.Tovar xo`jaligining paydo bo`lishi. 2.Sharq mamlakatlari bilan savdo. 3.Savdogarlar va bozorlar. 4.Banklar,yarmarkalar va birjalar.
Tovar xo`jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqaradigan xo`jalikdlr. Tovar xo`jaligining rivojlanishi natural xo`jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan. G’arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya xamda Osiyo mamlakatlari bilan bog’laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaxarlarini bog’laydigan SHimoliy savdo Yo’llari xarakatda bo’lgan.
Levant-O’rta dengizning sharqidagi Suriya, Falastin, Turkiya, Yunoniston va Kiprning umumiy nomi. Ular orqali dunyo savdo Yo’llaridan biri-Levant o’tgan.
SHimoliy savdo Yo’li bo’ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ziYod katta-kichik shaxarlari Ganza shaxarlar ittifoqiga kirgan.
Ganza-XIV-XV asrlardagi shimoliy nemis shaxarlarining savdo va Siyosiy ittifoqi. Uning bosh shaxri Lyubek. Yevropaning shimolidagi savdoda etakchi bo’lgan Ganza, qit’aning boshqa xududlari orasidagi savdoda xam vositachilik qilgan.
Levant Yo’lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga xam aylangan.
Mol ayirboshlash va savdoning o’sishi shaxarlarda bozorlar qurilishiga extiyoj tug’diradi. jumladan, Londondagi 1-Yopiq bozor Blekuelxoll 1397-yili qurib bitkazilgan. Bozorlar ma’lurn buyumlar Yoki maxsulotlarni sotishga ixtisoslasha borgan. Tuluza (Fransiya)da 1203-yili g’alla bozori ishga tushadi. SHaxarda boshqa bozorlar xam bo’lib, birida vino, boshqasida mo’yna, teri, poyabzallar sotilgan.
|