Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun jadvalli topshiriq beriladi.
O`quvchilar Osiyo va Yevropa shaharlarining o`rta asrlardagi hayotini taqqoslaydilar.
Shaharlar hayoti
|
|
Yevropa
|
|
Osiyo
|
Shaharlarning ko`rinishi
|
|
|
|
|
Shaharlarning hayoti
|
|
|
|
|
Shaharlarda savdo
|
|
|
|
|
Jadvalli topshiriqni to`liq ishlagan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Dinning Yevropada tarqalishi. 2.Cherkovning bo`linishi. 3.Cherkov va davlat. 4.Dahriylarga qarshi kurash.
Dinning Yevropada tarqalishi. Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, xristianlik dini Yaqin SHarqda I asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini xalol xayot kechirish xamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg’imlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi.
Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida xam tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni V asrning oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya Yarim orolining tub axolisi xam o’tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan etishib chiqqan serg’ayral roxiblar VI-VIII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga xam borib axolini xristianlikka o’tkazganlar. Skandinaviya axolisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta’limotni IX asrdan qabul qiladi.
Vengerlar IX asrda, polyaklar X asrda xristianlikka o’tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazxabini Vizantiyadan qabul qilgan. eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi polab slavyanlari (XII asrda), pruss va litva qabilalari (XIII-XIV asrlarda) cho’qintirilgan.
Xristian dini Yevropada IV asrdan boshlab XIII-XIV asrlargacha tarqalgan.
|