Salib yurishlari qatnashchilarining maqsadlari




Download 9,26 Mb.
bet127/252
Sana11.06.2021
Hajmi9,26 Mb.
#14923
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252
Salib yurishlari qatnashchilarining maqsadlari


Umumiy maqsad

Ritsarlarning maqsadi

Gersog, graf

Savdogarlarning maqsadlari

Dehqon,hunarmandlarning maqsadlari

O`quvchilar topshiriqlarni bajarib bo`lgandan keyin to`g`ri javobni ekrandan tekshiradilar.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Birinchi salib yurishi. 2.Salibchilar Yaqin Sharqda. 3.Diniy ritsarlik ordenlari. 4.Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari.

Salib yurishi 1096- yilning bahoridaboshlandi va 1270- yilgacha davom etdi. Sakkiz marta salib yurishi bo`lib o`tdi. Yurishni dastlab dehqonlarboshlashdi. 60-70 ming dehqon 5-6 guruhga bo`linib, bola-chaqalari bilan aravalarda to`kin hayot izlab, muqaddas yurt sari jo`nab ketdilar. Salibchilar katta qiyinchilik va talafotlar bilan yozda Konstantinopol shahriga yetib kelishdi. Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyoga o`tkazib yubordi. Bu yerda ular saljuqiy turklar qo`shini bilan to`qnashishdi. Salibchilar birinchi to`qnashuvdayoq tor-mor etildi. Ularning katta qismi qirib tashlandi. Qolgan-qutgani bir amallab Konstantinopolga qaytib keldi. Sharq salibchi-dehqonlarga to 'kin hayot emas, halokat keltirdi.

Shundan so`ng 1096- yilning kuzida yaxshi qurollangan Fransiya, Germaniya va Italiya ritsarlari Yaqin Sharqqa yo'1 oldilar. Ular Konstantinopol shahrida uchrashdilar. Vizantiya imperatori avvalgidek ularni Kichik Osiyoga o`tkazib yubordi.

Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi. Chunki salibchilar o 'z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar.

Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, loannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so`ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan. Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarga yermulk ajratib berilgan. Ular shu yer-mulklardan kelgan daromad hisobiga yashaganlar. Burujan tashqari, dindorlar ham katta xayrehsonlar qilganlar. Ordenlarga salibchilar davlatini va yevropalik ziyoratchilarni himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Rim Papasi yeretiklarga qarshi kurashda Tamplif ordeni xizmatidan bir necha marta foydalangan.

Tamplif ordeni Fransiyada hatto qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun 1312- yilda butunlay tugatilgan. Tevton ordeni esa XVI asrda o`z qudrati va ahamiyatini yo`qotgan.

1147- yilda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Unda Fransiya qiroli va Germaniya imperatori shaxsan ishtirok etdi. Biroq bu yurish tamomila barbod bo`ldi.

Salibchilar Quddus qirolligiga xavf solayotgan Damashq bekligini bosib ololmadilar. Bu orada turklar Salohiddin Ayyubiy (1171- 1193) boshchiligida Misr davlatini tuzishga muvaffaq bo`ldilar.

1187- yilda Misr qo`shini Quddusni zabt etdi. Salibchilar shahardan quvib chiqarildi. Quddusni qaytarib olish maqsadida 1189- yilda uchinchi salib yurishi uyushtirildi. Bu yurishda Fransiya, Germaniya va Angliya davlatlari qatnashdi. Harbkdavlathukmdori o`z qo`shinlarigashaxsan rahbarlik qildi. Biroq bu yurishdan ko`zlangan asosiy maqsadga erishilmadi.

1192- yilda salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o`rtasida shartnoma tuzildi. Unga ko`ra, yevropaliklar xristianlar uchun muqaddas hisoblanuvchi Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib ketishlari mumkin edi.




Download 9,26 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252




Download 9,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Salib yurishlari qatnashchilarining maqsadlari

Download 9,26 Mb.